Jamoat namozida
Assalomu alaykum! Jamoat namozini ko‘pchilik 2 xil aytadi. Ba’zi odamlar kamida 3 kishi bo‘lsa jamoat namozi hisoblanadi desa, ba’zilar imom bilan bir kishi bo‘lsa ham jamoat namozi deyishadi. Masalan er xotini bilan uyda namoz o‘qib olsa jamoat bo‘lib o‘qigan hisoblanadi va gunohkor bo‘lmaydi deb javob bergan edi bir domla. Savol imom bilan hisoblaganda nechi kishi bo‘lsa jamoat namozi bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! IKKI KIShI VA UNDAN ORTIG‘I JAMOATDIR عَنْ مَالِكِ بْنِ الْحُوَيْرِثِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا حَضَرَتِ الصَّلَاةُ فَأَذِّنَا وَأَقِيمَا، ثُمَّ لِيَؤُمَّكُمَا أَكْبَرُكُمَا Molik ibn Huvayris roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Namoz vaqti kirganda azon va iqoma aytinglar, so‘ng (ikkingizdan) kattarog‘ingiz imom bo‘lsin», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Bunday qilib hamma namozlarni uyda o‘qishga o‘rganmaslik kerak. Chunki bunday kishi masjidda jamoat bo‘lib o‘qilganning savobini ololmaydi. Uyi masjiddan uzoqda bo‘lgani uchun yolg‘iz namoz o‘qiydigan bo‘lsa, ayoli va farzandlari bilan jamoat bo‘lib o‘qishi bilan masjidda o‘qilgan savobi darajasida bo‘lmasa ham jamoat bilan o‘qilganga va’da qilingan 27 daraja savobga ega bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jamoatdan kech qolsalar ahllarini to‘plab jamoat qilar edilar. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 171 | Ibodatlar