Gumonli tahorat
Assalomu alaykum! O‘zi shu savollarni ko‘p berib yubordimda. Ming bor uzr so‘rayman yana savol beryapman. Man namoz o‘qimayapman. Fosiq hisoblansam kerak namoz o‘qimayotganimga. Fosiq odam do‘zaxda azoblanadi deb eshitganman. Aslida man namoz o‘qimasligimga sabab shubha menimcha yoki rostdan bo‘ladigan narsa. Man tayammum qilaman. Chunki ahvolim sog‘ odammiki emas, shuning uchun tayammum qilaman. Tayammum qilganimda bir marta qilmayman chunki el yoki siydik chiqadimi,chiqib ketganday bo‘ladi. Keyin bir necha marta tayammum qilishga to‘g‘ri keladi va qo‘lim og‘rib qolishi mumkin. Shunda ham yana usha holat bo‘lishi mumkin. Yoki alloh ko‘rib turibdi deb, nima bo‘lsa bo‘ldi tavakkal qilib bitta tayammum bilan namozni boshlab yuboraymi chiqib ketganday bo‘lsa ham? Nima qilishga boshim qotgan. Lekin islom dini engillik dini. Ko‘p tanishladan so‘raganman nima qilsam bo‘ladi deb. Shunda javob berishgan agar usha holat bo‘laversa usha elmi, siydik tomchisimi chiqib qolganday bo‘lsa allohga tavakkal qilib o‘qiyvering deyishgandi. Man qo‘rqdim tavakkal qilib namozni o‘qiyverishdan. Chunki huddi betahorat namoz o‘qib qolganday bo‘lishim mumkin. Yoki mani holatim mana bu hadisdagiga. U erda bunday deyilgan: عَنِ اِبْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اَللَّهُ عَنْهُمَا; أَنَّ رَسُولَ اَللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَأْتِي أَحَدَكُمُ الشَّيْطَانُ فِي صَلَاتِهِ, فَيَنْفُخُ فِي مَقْعَدَتِهِ فَيُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهُ أَحْدَثَ, وَلَمْ يُحْدِثْ, فَإِذَا وَجَدَ ذَلِكَ فَلَا يَنْصَرِفُ حَتَّى يَسْمَعَ صَوْتًا أَوْ يَجِدَ رِيحًا أَخْرَجَهُ اَلْبَزَّار Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Biringiz namoz o‘qiyotganida shayton kelib el chiqadigan joyiga puflaydi. Shunda u tahoratim ketdi deb xayol qiladi. Holbuki tahorati ketmagan bo‘ladi. Qachon shunday holatni topsa to ovozni eshitmagunicha yoki hidni topmagunicha namozni buzmasin” dedilar. Bazzor rivoyati. Siydik tomib qolganga o‘xshash holat bo‘lsachi? Iltimos yo‘l ko‘rsatinglar. Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha hadisga amal qilavering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 161 | Tahorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha hadisga amal qilavering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:51 | Savol-javoblar | 161 | Tahorat