Qiroatga haq
Assalomu alaykum! Men do‘stlarim bilan Samarqandga Imom Buxoriy ziyoratlariga borganimda bir vaziyat ikkilantirib qo‘ydi. Ziyoratchilar maqbara atrofida joylashgan o‘rindiqlarga o‘tirishar va u erdagi qori aka Qur’on tilovat qilardilar. Tilovatdan so‘ng hamma pul chiqarib ularga uzatar ular esa duo qilib olar edilar. Biz ham o‘tirdik tilovat qilindi, men tilovatga haq olinmasligi haqida eshitganim uchun pul bermasdan tutib ketdim. Do‘stlarim ham menga ergashishdi. Endi ikkilanib qoldim u pullar balki ehson uchun yig‘ilayotgandir. Men noto‘g‘ri ish qilib qo‘ymadimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir musulmon o‘zi qiroat qilishi kerak. To‘g‘ri ish qilgansiz. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 04:10 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir musulmon o‘zi qiroat qilishi kerak. To‘g‘ri ish qilgansiz. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 04:10 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar