Bomdod namoziga uxlab qolgan banda gunohkor bo‘ladimi?
– Assalomu alaykum Shayx hazratlari, Alloh ilmingizni yanada ziyoda qilsin. Mening savolim quyidagicha: Inson bir namozni qasddan tark etishi og‘ir gunohligini bilaman, lekin ba’zida bomdod namoziga turishda qiynalib qolaman. Turganimda budilnikni qanday qilib o‘chirib qo‘yganimni eslay olmayman. Ba’zida esa uyg‘onganimda fikrimni jamlay olmay qolaman, bomdod namozini o‘qishim kerakligini anglab etmayman va yana uxlab qolaman. Lekin bunday holatlar ba’zi-ba’zida bo‘ladi, surunkali emas. Tura olsam, bomdod namozini to‘liq o‘qib qo‘yaman. Shunda qazo qilgan namozimga gunohkor bo‘lamanmi? Umuman, inson uyqusi qattiqligi uchun javob beradimi va uxlab qolganligi tufayli qazo qilganligi haqida hukm qanday bo‘ladi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat, Alloh sizdan rozi bo‘lsin!Hurmat va ehtirom bilan Sardor.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
– Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Kechasi oyga nazar soldilarda: «Albatta, sizlar Robbingizni mana shu oyni ko‘rgandek ko‘rursizlar. Uning ko‘rishda qiyinchilikka uchramassiz. Bas, agar quyosh chiqishi va botishidan oldin namoz o‘qishdan qolmaslikka qodir bo‘lsangiz. Shuni qiling, dedilarda «Quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin Robbingga hamd ila tasbih» ayt oyatini o‘qidilar». To‘rtovlari rivoyat qilishgan. Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi quyosh chiqishidan oldingi namozdan murod, Bomdod namozi, quyoshni botishidan oldingi namozdan murod, Asr namozidir. Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar: 1. Oxiratda namozxon bandalar Alloh taoloning jamolini, xuddi to‘lin oyni ko‘rgandek qiynalmasdan ko‘rishlari haq ekani. 2. Bomdod va Asr namozlarining o‘ta ahamiyatli ekani. 3. Bomdod va Asr namozlariga alohida e’tibor bilan qarash lozimligi. Chunki, uyqu va boshqa narsalar bu ikki namozni o‘z vaqtida ado etishga mone’ bo‘lib turadi. 4. Gapirilgan ma’noga Qur’ondan dalil keltirish yaxshiligi. Ushbu hadisi sharifga amal qilaroq Bomdodga uxlab qolishning oldini olaylik. Asrni o‘tkazib yubormaslik tadbirini ko‘raylik. Ana shunda, qiyomatda Alloh taoloning jamolini ko‘rishga muyassar bo‘lish uchun muhim omilni amalga oshirgan bo‘lamiz. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim namozni unutsa, bas, uni eslagan paytida o‘qib olsin. Uning bundan boshqa kafforati yo‘qdir. «Namozni Mening zikrim uchun qoim qil», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Muslimning rivoyatida: «Vaqtiki, birortangiz namozdan uxlab yoki g‘ofil qolsa, bas uni eslaganda o‘qib olsin. Chunki, Alloh: «Namozni Mening zikrim uchun qoim qil», dedi», deyilgan. Sharh: Islom dini osonlik, kengchilik, bandalarga rahm-shafqat dinidir. Islom insonni toqati va imkoniyatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. Allohtaolo insonni va u yashab turgan olamni yaratgan zotdir. Shuningdek, Alloh taolo Islom shariatini insoniyatga qiyomatgacha mukammal va barcha talablarga javob beradigan shariat qilib joriy qilgan zotdir. Binobarin, Alloh O‘zi yaratgan olamda yashaydigan O‘zi yaratgan insonga, O‘zi tushirgan shariat mos kelmasligi mumkin emas. Alloh taolo hikmatli Xoliq sifatida insonga nima mos keladi-yu, nima mos kelmasligini ham yaxshi biladi. Mazkur narsalarning bir tarafini ushbu hadisi sharifda ko‘rib turibmiz. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kim namozni unutsa, bas, uni eslagan paytida o‘qib olsin», demoqdalar. Inson borki, esdan chiqarish bor. Arablar inson-nisyon (unutish) so‘zidan olingan, deydilar. Demak, unutish ayb emas, balki uzr. Unutgan odam, namozni eslagan paytida qazosini o‘qib oladi. «Uning bundan boshqa kafforati yo‘qdir». Ya’ni, qazo bo‘lgan namozning o‘rnini bundan boshqa narsa bilan to‘ldirib bo‘lmaydi. Bu esa qazo namozni o‘qishdan boshqa iloj yo‘qligining eng kuchli dalillaridan biridir. «Namozni Mening zikrim uchun qoim qil». Bu oyati karimada Alloh taolo O‘zining zikrini qilish uchun o‘qishni amr qilgani ta’kidlanmoqda. Shuning uchun ham unutgan odam namozni eslagan vaqtida o‘qib oladi. Imom Muslim qilgan rivoyatda esa namozni, unutgan odamga uxlab qolgan odam ham qo‘shilmoqda. Uxlab qolgan odam ham xuddi esidan chiqqan odamga o‘xshab aybdor bo‘lmaydi. Uxlab qolgan odam ham uyg‘ongan paytida namozni qazosini o‘qib oladi. Ushbu hadisi sharifdan namozni vaqtida o‘qimagan odam qazosini o‘qib oladi, degan xulosa chiqariladi. Chunki, uxlab qolgan va esidan chiqargan beayb odamga namozni qazo qilib o‘qishi lozim bo‘lganidan keyin, beuzr qazo qilgan aybdor odam qazo namozini o‘qishi, albatta, kerak deyiladi. Bu, jumhur ulamolarning qavlidir.
20 Aprel 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 387 | Boshqa ibodatlar