Musibatni ko‘rganda

Assalomu alaykum! Biror kishini boshiga musibat tushganda Innaa lillahi va innaa ilayhi roji’un deyish mumkinmi? Biror musibatni ko‘rsam  kuzimda yosh keladi, shu duoni aytgim keladi. Yoki buni faqat inson o‘lganda aytiladimi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu har bir musibat etganda aytiladi. Hatto chiroq o‘chsa ham. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَا يُصِيبُ الْمُؤْمِنَ شَوْكَةٌ فَمَا فَوْقَهَا إِلَّا رَفَعَهُ اللهُ بِهَا دَرَجَةً وَحَطَّ عَنْهُ بِهَا خَطِيئَةً. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَمُسْلِمٌOisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minga tikan kirsa va undan-da kattaroq musiybat etsa ham, albatta, Alloh o‘sha tufayli uning darajasini ko‘taradi va gunohini yuvadi», dedilar».Termiziy va Muslim rivoyat qilganlar.Sharh: Tikan kirishi ham musiybat hisoblanadi. Unga ham sabr qilish kerak. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Agar birortangizning kavushining ipi uzilib ketsa ham istirjo’ aytsin», deganlar. Istirjo’ «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un» deyishdir. Boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam uyda chiroq o‘chib qolganida istirjo’ aytgan ekanlar. Shunda Oisha onamiz «Chiroqqa ham istirjo’ aytasizmi?» deganlarida «Mo‘minga yomonlik bo‘lgan har bir narsa musiybatdir», degan ekanlar. Ana shunday musiybatlar etgan paytda sabr qilgan mo‘minning darajasi ko‘tarilib, xatolari o‘chirilar ekan. Shuning uchun kattayu kichik musiybat qarshisida o‘zimizni komil musulmondek tutmog‘imiz lozimdir. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:32 | Savol-javoblar | 151 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar