zakarni ushasa tahorat vojib bo‘ldimi ?

Assalomu aleykum shayh hazratlari.90- Nofe’dan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Umar shunday derdilar: Agar sizlardan biringiz zakarini ushasa unga tahorat vojib bo‘ldi.dedi.91- Hishom ibn Urva otalaridan shunday deganlarini rivoyat qiladi: kim zakarini ushasa bas unga tahorat vojib bo‘ldi.92- Salim ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: Men otam Abdulloh ibn Umarning g‘usl qilib so‘ng tahorat qilganlarini ko‘rdim. Unga shunday dedim: Ey otajon, g‘usl tahoratning o‘rniga o‘tmaydimi. U kishi shunday dedilar: O‘tadi, lekin men bazan zakarimga tegaman shuning uchun tahorat qilaman. 93- Salim ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi: Men Abdulloh ibn Umar bilan safarda birga edim. Quyosh chiqqandan keyin u kishi tahorat qilib namoz o‘qiganlarini ko‘rib u kishiga shunday dedim: Bu namozni o‘qimas edingizku? U kishi shunday dedi: Bomdod namoziga tahorat qilganimdan so‘ng farjimga tegganimdan so‘ng tahorat qilishni unitibman, endi tahorat qilib namozimga qaytadan o‘qidim.Hazrat zarakni ushlaganda tahorat vojib bo‘ladimi ?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Molikiy mazhabida vojib bo‘ladi. Boshqa mazhablarda, jumladan, hanafiy mazhabida ham vojib bo‘lmaydi. Ikkinchi taraf ham o‘ziga yarasha hadislarni keltirganlar va o‘z ijtihodlarini to‘g‘ri ekanini isbotlaganlar.

30 Aprel 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 157 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar