Sherikchilikdagi foyda

Assalomu aleykum! Meni bir tanishim Rossiyada tikuv tsexida ishlaydi. U odam bizda ishlab chikarilayotgan gazlamadan junatishimni iltimos qilyabti. Pulni avvaldan yuborsa va men shu pulga u aytgan molni sotib olib va ustiga foyda qo‘yib yuborsam, menga halol bo‘ladimi? Men u mollarni boshqa shaharga borib olaman va u odam xizmat haqimni qo‘shib aytishimni o‘zi taklif qildi. Agar men yuborgan mol ularga ma’qul kelsa, kelgusida ular nomidan vakil bo‘lib shartnoma tuzishim va doimiy ravishda mol etkazib turishim kerakligini va bundan albatta foydalanishim mumkinligini aytdi. Shu sherikchilik men uchun halol bo‘ladimi? Oldindan javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bu narsa orangizda ochiq-oydin aytilgan bo‘lsa zarari yo‘q. 2). Halol bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar