Erning javobi kanday buladi?
Assalomu Allaykum xurmatli shayx xazratlari. Oldingi bergan savolimga javob oldim katta raxmat.1. Agar er kishi namoz ukisayu xotini ukimay xijobda yurmasa. Lekin u unaka yomon kiyimlar kiymaydi. lekin xijobda xam yurmaydi. Men unga namoz uki, xijob kir deb aytganman. Buning kiyomatda menga xam javobi bormi (yoki chappsiga xotin ukisayu eri ukimasa)?2. Agar namoz kazo bulib ketsa, masalan bomdod namozi ushanda azon aytiladimi?3. Masjid uyimizdan uzokrokda joylashgan. Azon aytilgani xam eshitilmaydi. Men uyimda namozni ukisam bula beradimi?4. Takvimda bomdod namozini vakti tugri kursatilmagan. U erda tong va kuyosh chikishi vaktlari kursatilgan Bomdodni vaktini kanday aniklash mumkin. Shuni tushintirib bersangiz.5. Agar besh vakt namozni kaysisini bulsa xam vaktidan oldin ukisa javobi kanday buladi?6. Kucha kuyda xozir xar xil kizlar xar xil kiyimlarda yuribdi. Agar bexosdan ushalarning avrat joylariga kuzingiz tushib kolsa nima buladi. Xozirda shaxarda bunaka kizlar soni ancha oshib ketgan.Allox sizdan rozi bulsin, xurmat ila kaminai kamtarin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Er-xotin orasidagi bu kabi majorolarga avval javob berilgan. Topib o‘qinglar.2. - Bitta qazo namozga ham azon va iqoma aytiladi. Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqqan edilar. Bas, Bomdod namozidan uxlab qolib, quyoshning issig‘idan uyg‘ondilar. U zot alayhisalotu vassalom: «Bu joydan boshqa joyga o‘tinglar», dedilar.So‘ngra Bilolga amr qilib, azon aytdirdilar. So‘ngra tahorat qilib, ikki rak’at fajr (Bomdodning sunnati) namozini o‘qidilar. So‘ngra Bilolga amr etib, takbir aytdirlar va ularga Bomdod namozini o‘qib berdilar».Abu Dovud va Ikki Shayx rivoyat qilishgan.Ko‘p qazo namozlar bo‘lsa birinchisiga va qolganlariga ham ikkisini aytsa bo‘ladi. Yoki qolganlariga iqomaning yolg‘iz o‘zini aytiladi.Bir necha qazo namozlarni birin ketin o‘qilayotgan bo‘lsa, har biriga alohida azon va iqoma aytsa ham, birinchisiga azon va iqoma, qolganlariga faqat iqoma aytsa ham bo‘ladi.Imom Termiziy Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:«Xandaq kuni Nabiy sallollohu alayhi vasallamdan to‘rt namoz o‘tib ketdi. Hattoki kechadan ham Alloh xohlaganicha o‘tib ketdi. U zot Bilolga amr qildilar. U azon aytdi. Keyin iqoma aytdi. Peshinni o‘qidilar. Keyin iqoma aytdi. Asrni o‘qidilar. Keyin iqoma aytdi. Shomni o‘qidilar. Keyin iqoma aytdi. Xuftonni o‘qidilar».3. - Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Jamoat namozi yolg‘izning namozidan yigirma etti daraja afzaldir», dedilar».Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.Sahobai kiromlar jamoatni hijratdan keyin shariatga kiritilganiga ijmo’ qilganlar.Avvalgi kishlar o‘zlariga jamoatning takbiri tahrimasidan qolsalar uch kun, jamoatdan qolsalar etti kun ta’ziya e’lon qilar edilar.Jamoat bilan namoz o‘qishning hikmatlari ko‘p;Jamoat bilan namoz o‘qish namozxonlar orasidagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydi. Kuch jamoatda ekanini anglatadi. Ijtimoiy bog‘lanish, hamkorlikni kuchaytiradi. Jamoat namozi kishilar o‘rtasida tenglikni namoyish qiladigan muhim omildir. Namozda kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bir joyda, bir safda turadi, bir xil amalni bajaradi va bir Allohga banda ekanliklari izhor qilinadi. Jamoat namozi musulmonlarning saflari bir, gap - so‘zlari bir ekanini ko‘rsatadi. Namozda jamoat shaklida imomga bo‘ysinish, bir maqsadga yo‘nalish ko‘rinishlari nomayon bo‘ladi.Jamoat namozi orqali musulmonlar bir birlari bilan tanishib, unsu ulfat orttiradilar, yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qilishga odatlanadilar. Ular jamoat namozi tufayli bir-birlarining hollaridan xabar oladilar. Ichlarida bemor, mazlum, hojandmandlar chiqib qolsa, yordam beradilar. Jamoat namozida qatnashuvchilar bir-birlariga yordam berish bilan birga xatolarini ham tuzatadilar va boshqa ko‘plab o‘z jamiyatlari uchun kerakli ishlarni amalga oshiradilar.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi namozlarda bir qancha odamlarni yo‘q bo‘lganini bilib: «Batahqiq, men bir kishini odamlarga namozga o‘tib berishni amir qilib, o‘zim xilof qilib namozga kelmayotganlarga borib, ularning uylariga o‘tin qalab turib ustlaridan yoqib yuborishni qasd qildim. Agar birlari semiz go‘shtli suyakni topsalar, unga hozir bo‘lar edilar», dedilar. Ya’ni, xuftonga, demoqchilar.Beshovlari rivoyat qilgan.Abu Dardaa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Qishloqdami, sahrodami uch kishi bo‘lsa-yu, ular ichida jamoat namozi qoim qilinmasa, albatta, shayton ularga ega chiqar. Jamoatni lozim tut. Ayrilganni bo‘ri er», dedilar».Abu Dovud, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilgan. al-Hokim, sahih, degan.JAMOAT NAMOZIDAN QOLIShGA UZRLARNofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ibn Umar roziyallohu anhu sovuq va shamolli kechada namozga azon aytdi. So‘ngra: «Ogoh bo‘linglar! O‘z joylaringizda namoz o‘qinglar!» dedi. Keyin esa: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sovuq va yomg‘irli kecha bo‘lsa muazzinga: Ogoh bo‘linglar! O‘z joylaringizda namoz o‘qinglar!» deyishni amr qilar edilar», dedi».Uchovlari rivoyat qilgan.Demak, qattiq sovuq, bo‘ronli va yomg‘ir-qorli kechalarda jamoat bilan namoz qilmasa uzr qabul ekan.Mahmud ibn Robe’ roziyallohu anhu aytadilar: «Itbon ibn Molik o‘z qavmiga imomlik qilar edi. Uning ko‘zi ojiz edi. Bas, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: «Albatta, zulmat, sel bo‘lib turadi, men esa ko‘zi ojiz odamman. Ey, Allohning Rasuli, menga uyimdan bir makonda namoz o‘qib bering, o‘sha joyni namozgoh qilib olaman», dedi. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unikiga keldilar va: «Qaerda namoz o‘qib berishimni xohlaysan?» dedilar. U uyidagi bir joyga ishora qildi. Bas, U zot o‘sha joyda namoz o‘qidilar».Ikki shayx rivoyat qilgan.Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:1. Sel ketishi jamoatga bormaslikka uzr bo‘lishi.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim nido qiluvchi – muazzinni – eshitsayu, unga ergashishga uzr mone’lik qilmasdan (namozga kelmasa) o‘qigan namozi qabul bo‘lmaydi», dedilar». «Uzr nimadir?» deyildi. U zot: «Xavf va bemorlik», dedilar»Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilgan.Oldingi hadisda kelgan jamoat namoziga bormaslik uchun bo‘ladigan uzrlarga bu hadisda ikki uzr qo‘shilmoqda:1. Xavf.Agar inson dushman, yirtqich hayvon, yong‘in yoki shunga o‘xshash narsalardan xavfu-xatarda bo‘lsa jamoat namoziga bormasa uzri maqbul.2. Bemorlik.Bemor inson ham ma’zur hisoblanadi. Chunki, uning jamoat namoziga borishida mashaqqat bor. Islom dini odamlarga mashaqqat bo‘lishini xohlamaydi. Mazkur uzrlari yo‘q insonlar, albatta, jamoat namoziga borishlari kerak. Bormasliklari mutlaqo mumkin emas. Jumladan, sizga o‘xshab uyiga azonning ovozi etmaydiganlar ham.4. - O‘sha taqvimda ko‘rsatilgan vaqt Bomdod namozining ayni vaqtidir. Ya’ni, mazkur namozning vaqti tong otgandan boshlanib quyosh chiqishida tugaydi.Bomdodning vaqti ufqda ko‘ndalang bo‘lgan fajrdan boshlab to quyosh chiqqunchadir.Bu jumladagi «ufqda ko‘ndalang bo‘lgan fajr»dan murod subhi sodiqdir. Bundan oldin uzunasiga, bo‘rining dumiga o‘xshab otadigan subhi kozib emasligi shundan bilib olamiz. Samura ibn Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Saharliklaringizdan Bilolning azoni ham, ufqda bundoq bo‘lib ko‘tarilgan oqlik ham sizni aldab qo‘ymasin. Toki, mana bundoq bo‘lib yoyilguncha (bo‘laveradi)», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Termiziyning lafzida: «Saharliklaringizdan sizni Bilolning azoni ham, balandga ko‘tarilgan fajr ham man’ qilmasin. Lekin ufqga yoyilgan fajr bo‘lsa (bo‘ladi)», deyilgan.Tong otish payti ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda yorug‘lik pastdan yuqoriga ko‘tariladi, buni subhi kozib yoki fajri kozib deyiladi. Ya’ni, yolg‘onchi tong degani. Ushbu hadisi sharif hukmiga ko‘ra o‘sha subhi kozib vaqtida saharlik vaqti tugamagan bo‘ladi. Ikkinchi bosqich esa, yorug‘likning ufq bo‘ylab ko‘ndalaniga tarqalishi bilan bo‘ladi. Buni subhi sodiq yoki fajri sodiq, ya’ni, rost tong, deyiladi. Ana shunda og‘izni berkitish vaqti kirgan bo‘ladi. Undan keyin saharlik qilish mumkin emas. balki Bomdod namozining vaqti kirgan bo‘ladi.Bomdod namozining oxirgi vaqti qochonligiga dalil.Alloh taolo «Toho» surasida:«Robbingga quyosh chiqishidan oldin tasbih va hamd ayt», degan (130-oyat).Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozlarning vaqti haqida so‘raldi. Bas u zot: «Bomdod namozining vaqti quyoshning avvalgi shoxi chiqmaguncha…», dedilar.Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.Fajrni oqarganda boshlash mustahabdir. Toki qirq oyatni tartil qilishga va tahorati yo‘qligi zohir bo‘lib qolsa, yana qaytarishga imkon bo‘lsin.Ya’ni, Bomdod namozini o‘qishni tong oqarib qolganda boshlash mustahabdir. Bu vaqtni shunday tartibga solish kerakki, namozni niyat qilib zam suraga qirq oyatni shoshilmay tartil bilan o‘qib bo‘lgandan keyin ham tahoratsiz odam tahorat qilib kelib namozni yangitdan boshlab yana qirq oyatni tartil qilib namozini tugatguncha quyosh chiqmaydigan bo‘lishi lozim.Imom Nasaiy Rofe’ ibn Xadiyj roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sallollohu alayhi vasallam:«Bomdodni tong oqarganda o‘qinglar», deganlar.Mahmud ibn Lubayd o‘zining qavmidan bo‘lgan ansoriylardan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam:«Modomiki, Bomdodni tong oqarganda o‘qisangiz, uning ajri ulug‘dir», deganlar. 5. - Vaqtidan oldin o‘qilgan namoz o‘rin o‘tmaydi.6. - Bexosdan tushgan nazar uchun kishi gunohkor bo‘lmaydi.Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan to‘satdan nazar tushib qolishi haqida so‘radim. Bas, U zot, ko‘zingni boshqa tomonga bur, dedilar».Beshovlaridan Buxoriy rivoyat qilmagan.Nomahram shaxsga qasddan, shahvat nazari bilan ko‘z tikish haromdir. Ammo, noqasddan nazar tushib qolishi gunoh hisoblanmaydi. Ammo, ushbu hadisi sharifda bayon qilinganidek, darhol ko‘zni boshqa tomonga burib olish sharti bilan. Mo‘min-musulmon kishilar bu hukmni hech qachon unitmasliklari lozim.Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Ey Ali, nazarga nazarni ergashtirma. Albatta, birinchisi sen uchun bezarar bo‘lsa ham, boshqasi undoq emas, dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.Birinchi nazar, nomahramga to‘satdan tushgani uchun zararsiz hisoblanadi, gunoh bo‘lmaydi. Ammo undan keyin yana qayta nazar solishni to‘satdan, deb bo‘lmaydi, bunisi qasddan bo‘lgan bo‘ladi va gunoh hisoblanadi.Ushbu, ta’limotlar ham Islom jamiyatini pok saqlash yigit-qiz va erkak-ayollarni turli noshar’iy ishlardan, ulardan kelib chiqadigan noxush oqibatlardan saqlash uchun kelgandir. Islom shariati hukmi bo‘yicha erkak kishining ayollarning yo‘lini to‘sishi, tegajoqlik qilish, gap otishi u yoqda tursin pinhona nazar solishi ham harom hisoblanadi. Bu hiyonat hisoblanadi.
30 Aprel 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 151 | Namoz