Xayotxon Kurbonova xakida

Assalomu alaykum Muxtaram Shayx Xazratlari! Kilayotgan xayrli ishingizni Allox bardavom kilsin! Yakindagi Andijonga kilgan tashrifingizdan boshimiz osmonga etdi! Ijozatingiz bilan savol berishdan oldin bir kitob xususida va undagi ayrim parchalardan keltirsam... Kitob muallifi Xayotxon Kurbonova. Kirish kismidan bir parcha: Xayotxon Kurbonova 1960 yil 5 avgust juma kuni Bogdod tumani markazi Serovada tugilgan..... Keyin bir oksokol paydo bulib dedi:- Yigitali va Saboxon, kizlaring ismi Xayot, chunki u Xayot buladi, Xayot bulmasa, mamot buladi........Yana nima emish... frantsiyalik mexmonlar xam Xayotxon tugrisida bundan besh yuz yil mukaddam yozilgan kitobdagi ma’lumotlarga asoslanib, Erondan , Sharkning boshka mamlakatlaridan kidira-kidira, topib kilishibdi emish... Xayotxonning samovotdan, uzga sayyoralardan olayotgan ma’lumotlari, insoniyatning bugungi kuni, kelajagi bilan boglik nomalari matbuotda, Internetda bosilmokda emish… Frantsiyaliklarni xayajonga solib, yurtimizga, Xayotxon xuzurlariga etaklab kelgan nomalardan biz, aziz ukivchilar xam ozmi-kupmi xabardor emishmiz… «Ey, Xazrati Inson», «Nechun insonligingni angla, bolajon», «Mishel Nostradamus (yolgonchi, folbin)ruxi 2001 yildan yana tsenturiyalar yoza boshladi », «Ruxi-anvar olami xikoyalari» singari nomalarni ukigan emishmiz…Shayx Xazratlari ruxsatingiz bilan kitobdan bir parchani «muallif» nomida yozsam….1991 yil edi. Farishtalar men bilan gaplasha boshladilar. Oila a’zolarimga aytsam, meni jinniga chikarishdi. Farishtalar kalam bilan yozishimni surashdi. Surishtirmay kalam olib keldim. Shunisi kizikki, kalamni kursatkich va urta barmogim orasiga olib, tik tutib yozishim kerak edi. Yakinlarim shundan xam vaximaga tushishdi:Kalamni ikki barmogi orasiga olsa, xudi krestga uxshab kolarkan. Ayam xar menga Kuzi tushganda xavotir bilan buynimga karadi, xos osvolmadimkin , deb. Kungli tinchisi uchun tsepochkamni kurinadigan kilib kuyardim.Bir kuni 50 dona kora kalam olib kelib, urtasidan sindirdim. Bu kalamlarni kimni aytishsa, ushalarga tarkataman. Farishtalar bilan gaplashadigan 100 ta buladi, ularning xam ishi osonlashadi, degan uyda edim.Tinmay kalamda yozganim uchun nomimni Kalampari kuyib olishgan. Bir kuni uyimizga xolamning kizi mexmon bulib keldi.-Kalampari, mengayam kalamingdan Ber, zora usha kalaming bilan tijorat oldi-berdilaringni yozib, boyib ketsam,-dedi u masxaraomuz.-Narigi uyda olavering,-dedim uning gap oxangini sezmaganday.Bir payt ichkaridan uning yigisi eshitildi. Juda masxarobox edi, navbatdagi nayranggidir-da, Deya ishimni kilaverdim. Oz utmay yonimga ayam yugurib kirdilar.-Nimalar kilib kuyding? Kuzini asti ocholmayapti!-dedilar vaxima bilan.Darxakikat, xolavachchamning ung kuzi chipa berkilib kolgan, chapidan esa tinimsiz yosh okardi.-Xe.. kalaming…-sukinmokchi buldi-yu, uzini unglab oldi,-meni kechir, ikkinchi bunday ish kilmayman. Kechiring, Xayotxonposhsho…-Uzingizni sokin, xotirjam tuting,-dedi «Farishtam». Ikkita kalamni birlashtirib, uchburchak xosil kilingda, burchagini kuz tomonga tugrilang.Farishtam aytganday kilib, uchburchak burchagini xolavachchamning yumuk kuziga tugrilab turdim. «Bilgan suralarini ukisin», dedi «Farishtam» . Xolavachcham olti mukaddas kalimani entikib-entikib ixlos bilan ukirkan, «Voy kuzimga issik boryapti», dedi sevinib. Birozdan keyin uning kuzi ochildi. Va menga butunlay boshkacha bir extirom bilan munosabatda bulib koldi. Usha-usha xech Kim meni Kalampari deb atashga jur’at etmay kuydi.Farishtalardan, «Nima uchun aynan kalamda yozishim kerak?» deb suradim.-Kur’oni Karimdan «Nun» bilan boshlanuvchi «Kalam» surasining (68-sura) topib uking,-deyishdi.Kalomning uzbekcha tarjimasini olib, «Kalam» surasining 1,2-oyatlarini ukidim: «Nun. Kalam va u (bilan farishtalar bitadigan bitiklarga kasamki, (ey Muxammad) siz-Parvardigoringizni marxamati bilan majnun emasdirsiz ».Ayna kalamda yozishimni surashlarining boisi kalam ichidagi grafit (kalam uzagi) iloxiy nur-fikrni odam ongiga utkazuvchanlik xususiyatiga ega ekan. Farishtalar yullaydigan fikr mening ongimda etmogi uchun grafit boglovchilik vazifasini utar ekan.Oradan kup utmay farishta birodarlarimning fikrini bevosita kabul kila boshlaganim uchun ruchkada yozishga ijozat berishdi….Muxtaram Shayx Xazratlari ushbu kitobda «muallif» Kur’oni Karim suralari orkali yukoridagiga uxshash xolatlarni isbotlamokchi bulgan. Juda achinarli xolat… Savol: Shu kitobni yirtib yuborsam buladimi?Agar yukoridagi xolat buyicha uz fikringizni bildirsangiz «kerakli odamlarga» bu asli kanday kitob ekanligi va Xayotxon aslida kim ekanligi xakida tushuntirishda kullanma va xujjat bular edi.Oldindan minnatdorchilik bildiraman!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu eski gap. Hali ham bu safsatalarga ishonib yurgan odamlar bormi? Bu haqida maqola ham chiqdi, janjallar bo‘ldi. Zarracha aqli bor odam bu gaplarga ishonmasligi aniq.

30 Aprel 2022, 10:11 | Savol-javoblar | 188 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar