Bahouddin Naqshband
Assalomu alaykum! Ustozlar, Buxorolik pirimiz Bahouddin Naqshband rohmatullohi alayh hazratlarining hayot va tariqatlari haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! XOJA MUHAMMAD BAHOUDDIN NAQShBAND QUDDISA SIRRUHU Bu zot Buxoroi sharifning Qasri Orifonida 718 hijriy sana - 1318 milodiy sanada dunyoga keldilar va xuddi o‘sha erda 791 hijriy sana - 1389 milodiy sanada dunyoni tark etdilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari uzun bo‘yli, bug‘doy rangli, katta soqolli va kulcha yuzli zot edilar. Aslida Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari tug‘ilgan qishloqning nomi Hinduvon bo‘lib, Buxorodan bir farsax uzoqda joylashgan edi. So‘ngra Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlarining sharaflariga Qasri Orifon deb nomlanadigan bo‘ldi. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari dunyoga kelishlari bilan o‘sha paytdagi Xojagon tariqati peshvolari bo‘lgan Muhammad Bobo Sammosiy hazratlari o‘z shogirdlari bilan birga Qasri Orifonga keldilar va go‘dak Bahouddinni ma’naviy farzandlikka qabul qildilar. Rivoyatlarda zikr etilishicha, o‘shanda Muhammad Bobo Sammosiy hazratlari o‘z xalifalari Amri Kulol hazratlariga «bu bolaning tarbiyasi senga oiddir», deganlar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari Amir Kulol hazratlariga qo‘l bergan bo‘lsalar ham manbalarda u kishining haqiqiy shayxlari o‘zlaridan bir qancha sanalar ilgari o‘tib ketgan Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy rahmatullohi alayh ekanliklari qayta-qayta ta’kidlanadi. Bu xildagi ma’naviy tarbiyaga tasavvuf olamida «uvaysiylik yo‘li» degan nom berilgan. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlarining oliy maqomlari u kishining yoshlik chog‘laridanoq zohir bo‘la boshladi. U zot o‘ta zehnli va idrokli edilar. Alloh taolo bu kishiga ulug‘ zotlarga shogird bo‘lish baxtini berdi. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari go‘daklik chog‘larida Muhammad Bobo Sammosiy hazratlarining huzurlarida tarbiya oldilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari Muhammad Bobo Sammosiy huzurlariga shogird sifatida kelishlari bilan darhol u kishining suhbatlarida ishtirok etganlar. Mazkur suhbatdan olgan zavq va huzurdan so‘ng to‘g‘ri masjidga kirib ikki rak’at namoz o‘qiganlar hamda «Ey, Robbim! Menga balo yukini ko‘tarmoqqa ko‘mak ber! Bu xususda menga yaxshilik qil!» deya duo qilganlar. Bu xabar Muhammad Bobo Sammosiy rahmatullohi alayhga etib borganda u kishi «Ilohim! Sening roziliging nimada bo‘lsa, o‘shani menga ber!» deya duo qildilar va g‘oyasi doimo Allohning roziligini topmoq bo‘lgan kishiga balo etmaydi, Alloh bir valiysiga balo tushirsa, O‘z inoyati ila uni ko‘tarmoqqa quvvat ham berajagini aytdilar. Muhammad Bobo Sammosiy rahmatullohi alayhning vafotlaridan keyin Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlarining otalari u kishini Samarqandga yubordilar, u erda mashoyixlar suhbatida bo‘ldilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari qisqa muddatdan keyin yana Qasri Orifonga qaytdilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari bolalik hamda kamolot chog‘larida Sayyid Amir Kulol hazratlarining xizmatlarida bo‘ldilar. Shu bilan birga Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari ma’naviy jihatdan Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy rahmatullohi alayhga bog‘landilar va u zotning ta’lim tarbiya hamda sayri-sulukka oid barcha ilmlarini jamlab muhofaza qildilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Muhammad Bobo Sammosiy va Sayyid Amir Kulol hazratlarining ta’limot va talqinotlarini hakimona tartibga solib, tariqatda olamshumul asoslarni barpo qildilar. Xoja Mahmud Fag‘naviy hazratlaridan boshlab to Sayyid Amir Kulol hazratlarigacha bu silsila kishilari joyiga qarab goh maxfiy zikrni, goh jahriy zikrni ravo ko‘rar edilar. Jahriy zikr ko‘proq ixtiyor etilar edi. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari bu masalani atroflicha o‘rganib chiqib, Qur’on va Sunnatdan dalillar hamda o‘z ustozlaridan ta’limotlar olib maxfiy zikrni ustun ko‘rdilar. U kishi, sufiy xilvatda bo‘lsa ham, jamoatda bo‘lsa ham maxfiy zikr qilgani afzal, dedilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari yuqorida zikr etib o‘tilganidek, Sayyid Amir Kulol rahmatullohi alayhdan tariqat iznini olganlaridan keyin o‘sha vaqtning ko‘zga ko‘ringan shayxlari va allomalaridan bo‘lgan Mavlono Orif hazratlarining suhbatlarida etti yil bardavom bo‘ldilar. So‘ngra Xoja Xalil Ota hazratlarining huzurlarida o‘n ikki yil xizmat qildilar. Ta’lim olish yillari haqida Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari quyidagilarni eslaydilar: «Yoshligimizda uch kishi do‘st edik. Biz uchovlon haq yo‘liga kirishga qaror qildik va kirdik. Ularning oralarida mening niyatim Allohdan boshqa barcha narsalardan kechib haqqa va haqiqatga etishmoq edi. Bu niyatim xolis ekan shekilli, Haq taolo menga ko‘plab moddiy va ma’naviy imkonlar berdi. Oxir oqibat maqsadimga erishtirdi». Ko‘p yillik mehnat, taqvo, harakat va qurbat natijasi o‘laroq, Alloh taolo Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlariga to‘rt buyuk qutblardan biri bo‘lish sharafini nasib qildi. Mazkur qutblar quyidagi zotlardir: Shayx Abdulqodir Jiyloniy quddisa sirruhu. Muhammad Bahouddin Naqshband quddisa sirruhu. Sayyid Ahmad Rifo’iy quddisa sirruhu. Sayyid Ahmad Badaviy quddisa sirruhu. Hozirgi kunda ham dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan tariqatlar xuddi shu to‘rt zotning nomlarini olgan tariqatlardir. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari hanafiy mazhabida edilar. U kishi birinchi daf’a haj qilganlarida o‘zlari bordilar. Ikkinchi marta haj qilganlarida o‘z shogirdlari Muhammad Porso hazratlarini ham birga olib bordilar. Yo‘lda ketayotib Hirotga etganlarida, Mavlono Zayniddin rahmatullohi alayhning ziyoratlariga kirdilar va uch kun davomida u zotning suhbatlarida bo‘ldilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari Hijozdan qaytishda bir muddat Marvda turib qoldilar. So‘ngra yo‘lni davom ettirib, Buxoroga etib keldilar. Keyin Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari Qasri Orifonda bir masjid qurdilar va qurilishda o‘zlari g‘isht tashib ishladilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari suhbatlarga katta ahamiyat berar edilar. U kishi qaerga borsalar yaxshilik qilish, sulh, irshod va xalq tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lar edilar. U kishi ijtimoiy xizmatlarga ham alohida e’tibor berar edilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari o‘z suhbatlarida, asosan, farz bo‘lgan ilmlardan ta’lim berish va axloq tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lar edilar. Zotan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va sahobai kiromlarining yo‘li ham shu edi. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari: «Yo‘limiz suhbat yo‘lidir. Suhbatni tark etgan, yo‘lni ham tark etgan bo‘lur», der edilar. U kishi charchash nimaligini bilmas edilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari har doim ko‘chalarni ozoda tutish, hayvonlarga em berish va ularni davolash ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlarining ko‘pgina shogirdlari etuk tariqat va ma’rifat namoyandalari sifatida dunyoga nom taratdilar. Ulardan birlari yuqorida nomi zikr etib o‘tilgan Xoja Muhammad Porso rahmatullohi alayhdirlar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlarining eng mashhur shogirdlari, u kishi bilan doimo birga yurgan va barcha ilmlarini o‘rgangan shaxs Alouddin Attor hazratlari o‘z ustozlarining oxirgi lahzalari haqida quyidagilarni eslaydilar: «Hazrati Naqshbandning oxiratga intiqol qilish onlarida, Qasri Orifonda, u kishining yonlarida «Yosini sharif»ni o‘qib turgan edik. Suraning yarmiga kelganimizda u zotning yuzlaridan nur chiqa boshladi. U zot kalimai tavhidni aytib turib, jon berdilar. Alloh u kishini O‘z rahmatiga olgan bo‘lsin». Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari etmish uch yoshlarida dorulfanodan dorulbaqoga rixlat qildilar. Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband hazratlari silsila omonatini zohiran Sayyid Amir Kulol rahmatullohi alayhdan, botinan Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy rahmatullohi alayhdan olganlar. (“Tasavvuf haqida tasavvur” kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 10:22 | Savol-javoblar | 203 | Dolzarb savollar