Salavot
Assalomu alaykum! “Tunajjino” salovatini batafsil tushintirib bersangizlar. Uning savobi, tarixi va necha marta qaytarish kerakligi haqida tushintirib beringlar iltimos. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Salavotning bu lafzlar bilan bo‘lgani sunnatda yoki sahoba va tobe’inlarning osorlarida ham kelmagan. Shayx Umar ibn Ali ibn Solim Fokihoniy Nahviy faqih molikiy o‘zining “Al-fajrul munir” kitobida ushbu salovatning tarixi xususida : “Shayx Solih Muso al-Dorir menga xabar berib, U bir bor kemaga mingan ekan. Aytdiki : Aqlobiya degan shamol turdi. U shamoldan g‘arq bo‘lmay najot topganlar juda kam bo‘lgan. G‘arq bo‘lishdan qo‘rqib odamlar baqira boshladilar. Ko‘zim ilinib uyquga ketdim. Tushimda Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. U zot “kema ahliga ayt ular ming bor “Allohumma solli alaa sayyidinaa Muhammadin va alaa aali sayyidina solaatan tunajjiynaa(tunjiynaa) bihaa min jami’il ahvaali val aafaat va taqdiylanaa bihaa jami’al haajaat va tutohhirunaa bihaa min jami’issayyiaat va tarfa’una biha indaka a’laddarojaat va tuballig‘unaa bihaa aqsol g‘ooyaaat min jami’il xoyroti fil hayaaati va ba’dal mamaat” desinlar dedilar. Uyg‘ondim va kema ahliga tushimni bildirdim. 300 martacha aytgan edik, bizdan g‘am aridi” degan. Vallohu a’lam.
30 Aprel 2022, 10:33 | Savol-javoblar | 154 | Boshqa ibodatlar