Farz va sunnat namozlar darajalari
Assalomu alaykum! Xislatli hikmatlar sharhi kitobi 1-juzida “Farz namozini ado etmay turib boshqa namozlar qabul bo‘lmaydi” degan iborani o‘qidim. Savolim quyidagicha: Meni do‘stlarim farz namozlarini o‘qishmaydi. Lekin Ramazon oyi kirganda tarovix namozlarini o‘qishadi. Bilamizki u namozining darajasi sunnati muakkada. Yuqorida keltirilgan iboraga munosib, bularning farz namozini tark qilib o‘qigan sunnat namozi qabul bo‘ladimi? Savolim cho‘zilib ketganligiga uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular shunchalik o‘qib turishganiga ham shukur qilib, farzlarni o‘qishlariga ham targ‘ib qilish kerak. “Farzni o‘qimasang sunnatni ham o‘qima” deb yo‘ldan urish, bu shaytonning ishidir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:52 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar