Qur’on yodlagandim, lekin
Assalomu alaykum! Men yoshligimdan 2 yil madrasada o‘qiganman, Qur’on karimni 16 juz yod olgan edim, keyinchalik otam tadbirkorligi bois savdoga kirib ketdim. Hozirgi kunda juda band bo‘lyabman, Qur’onni qaytadan o‘qib turaman, lekin rosti ancha esimdan chiqib ketdi. Hozir ming afsusdaman, iltimos manga qanday yo‘lni tavsiya qilasizlar va oxiratta esdan chiqarganlarning holi qanday bo‘ladi? Oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz biror mutaxassis va tajribali qoridan qanday qilib yodlagan joylaringizni puxta qilib olishni maslahatlashing. Qorilarda bu kabi holatlar borasida juda ko‘p tajriba bo‘ladi. Har kuni ertalab 2 kechasi yotishdan oldin 2 soatdan bo‘lsa ham takror qilib tursangiz in shaa Alloh natija bo‘ladi. Unutib yuborishdan saqlaning. Ustozimiz rahimahullohning "Hadis va Hayot" kitoblarida quyidagicha keladi: Qur’oni Karimni yod olgandan keyin beparvo bo‘lib, unutib qo‘yishning oqibati yomon bo‘lishi uqdiriladi. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّمَا مَثَلُ صَاحِبِ الْقُرْآنِ كَمَثَلِ صَاحِبِ الْإِبِلِ الْمُعَقَّلَةِ إِنْ عَاهَدَ عَلَيْهَا أَمْسَكَهَا وَإِنْ أَطْلَقَهَا ذَهَبَتْ Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Qur’on sohibi xuddi tushovlangan tuya sohibiga o‘xshashdir. Agar undan xabar olib tursa, uni tutib qoladi. Tek qo‘ysa, ketib qoladi», dedilar». Sharh: Tuyasini tushovlab qo‘ygan odam undan tez-tez xabar olib turmasa, tuya ketib qolishi turgan gap. Xuddi shunga o‘xshab, Qur’oni Karimni yod olgan odam ham uni tez-tez takror qilib turishi lozim, bo‘lmasa esidan chiqib qolishi turgan gap. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: تَعَاهَدُوا الْقُرْآنَ، فَوَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَهُوَ أَشَدُّ تَفَصِّيًا مِنَ الْإِبِلِ فِي عُقُلِهَا. رَوَاهُمَا الشَّيْخَانِ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qur’ondan xabar olib turinglar. Mening jonim qo‘lida bo‘lgan Zot ila qasamki, albatta, u qochoqlikda tushovda turgan tuyadan ham ashaddiyroqdir», dedilar». Ikkisini Ikki shayx rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisi sharifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam Qur’oni Karimni yod olgan odamga uni esdan chiqarib qo‘ymaslik uchun takrorlab turishni amr qilmoqdalar va bu ma’noni qasam ichib, ta’diklamoqdalar. Va nihoyat, bu haqiqatni tuya misolida o‘xshatma ila bayon ham qilmoqdalar. Buni Qur’oni Karimni takror qilib turishga qat’iy amr deb qabul qilmoq lozim. عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بِئْسَمَا لِأَحَدِهِمْ أَنْ يَقُولَ نَسِيتُ آيَةَ كَيْتَ وَكَيْتَ بَلْ هُوَ نُسِّيَ، اسْتَذْكِرُوا الْقُرْآنَ فَلَهُوَ أَشَدُّ تَفَصِّيًا مِنْ صُدُورِ الرِّجَالِ مِنَ النَّعَمِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringizning «Falon, falon oyatni unutdim», demog‘i qandoq ham yomon. Lekin u unuttirilgandir. Qur’on yodingizda turishi uchun harakat qiling. Albatta, u odamlarning ko‘ksidan chiqishda qochoq tuyadan ham ashaddiydir», dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Demak, Qur’oni Karim yoddan chiqib qolmasligi uchun uni doimo takrorlab turmoq kerak ekan. Alloh taolo ko‘rsatmasin, mabodo ba’zi oyatlar yoddan chiqib qolganda ham, «Falon oyatni unutdim», demaslik kerak ekan. Chunki unutish tark qilish deganidir. Qur’oni Karimni tark qilish aslo mumkin emas. Shuning uchun «Unuttirildim», deyish odobga to‘g‘ri kelar ekan. Alloh taolo yodlagan sura va oyatlarning unutilishidan O‘zi asrasin! عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: سَمِعَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ رَجُلًا يَقْرَأُ بِاللَّيْلِ فَقَالَ: يَرْحَمُهُ اللهُ قَدْ أَذْكَرَنِي آيَةَ كَذَا وَكَذَا كُنْتُ أُنْسِيتُهَا مِنْ سُورَةِ كَذَا وَكَذَا. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam kechasi bir kishining qiroat qilayotganini eshitdilar va: «Alloh unga rahm qilsin! U menga unuttirilgan falon, falon suradagi falon, falon oyatni eslatdi», dedilar». Uchovlari rivoyat qilganlar. Sharh: Albatta, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning Qur’oni Karimning biror harfini unuttirilishlari mumkin narsa emas. Chunki Alloh taolo bunday bo‘lishi mumkin emasligini qayta-qayta takrorlagan. Bu erda so‘z ma’lum bir oyatlarni ma’lum bir suraga qo‘shib qiroat qilish haqida ketmoqda. Eng asosiysi, bu erda Alloh taoloning O‘ziga ma’lum hikmatga binoan, Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday holatlarda qanday gapirish kerakligini ta’lim uchun o‘rgatmoqdalar. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: عُرِضَتْ عَلَيَّ ذُنُوبُ أُمَّتِي، فَلَمْ أَرَ ذَنْبًا أَعْظَمَ مِنْ سُورَةٍ مِنَ الْقُرْآنِ أَوْ آيَةٍ أُوتِيهَا رَجُلٌ ثُمَّ نَسِيَهَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ. وَاللهُ أَعْلَمُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Menga ummatimning gunohlari ko‘rsatildi. Bir odamga Qur’ondan bir sura yoki oyat berilib, uni unutib qo‘yganidan ko‘ra katta gunohni ko‘rmadim», dedilar». Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Alloh bilguvchiroqdir. Sharh: Qur’oni Karimning biror surasi yoki oyatini yoddan chiqarishning gunohi shunchalar qattiq ekan. Shuning uchun bu masalada juda ehtiyot bo‘lish kerak. Hadisi shariflarda Qur’oni Karimni yoddan chiqarishning bunchalar qattiq olinishi ham o‘ziga yarasha hikmat va sabablarga ega. Agar shu darajada qattiq turilmasa, odamlar bu masalada sustkash bo‘lib qolishlari mumkin. Bu esa Alloh taoloning kalomiga e’tiborsizlik bo‘ladi. Bundan boshqa narsalarga ham e’tiborsiz bo‘lish kelib chiqadi. Aksincha, Qur’oni Karimni doimiy ravishda yoddan chiqarmaslikka odatlangan kishi boshqa narsalarni ham yoddan chiqarmaslikka odatlanadi. Bu esa juda muhimdir. Alloh taolo yodlagan Qur’oni Karimimizning doimo esimizda turishini nasib qilsin! Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 10:55 | Savol-javoblar | 173 | Qur’oni karim