Baqara surasining 159-oyati tafsiri haqida
Assalamu alaykum!Hazrat, Baqara surasining 159-oyatida, mazmunan, shunday deyilgan: "Albatta, Biz nozil qilgan ravshan oyatlarni va hidoyatni odamlarga kitobda bayon qilib berganimizdan keyin berkitganlarni - o‘shalarni Alloh la’natlaydir. Va la’natlovchilar la’natlaydir".Hurmatli ustoz! Bu oyatning tafsirini Tafsiri Hiloldan o‘qib bildim. Ammo, ba’zi masalalarni so‘rashimga ijozat bering. Men oddiy, musulmon yosh yigitman. Halol va haromning ochiq oydin ekanligidan oz bo‘lsada xabarim bor. Ko‘chada munkar ishning ko‘pligi hech kimga sir emas. Nafaqat ko‘chada, balki uzoq-yaqin qarindoshlarim orasida ham. Bu oyatning amali men uchun qandoq bo‘lishi lozim? Mening na otam va na o‘zim imom, mulla va hakazo emasan. Ya’ni, munkar ishdan qaytarishga "litsenziyam" yo‘q. Oyatga amal qilish menga ko‘pgina sinovlarni olib kelishi turgan gap. Men nima qilishim kerak, ustoz? Bundan tashqari, kimnidir munkar ishdan qaytarish uchun o‘zimda etarli darajada ilm ham, hilm ham yo‘q... Har qadamda esa munkar ish... Bu oyatning amali menga qanday bo‘lishi kerak? Nohaqqa ko‘z yumib o‘tib, faqat mendan so‘ralganda haqni aytishim lozimmi? Mazkur oyatda, "berkitganlar" so‘zini qanday tushunish lozim?Hazrat, savol berishdagi odobni buzgan holatda sizdan iltimos qilaman, mazkur oyatning tafsirini "Tafsiri Hilol"dagidan tashqari, yana ham kengroq qilib tushuntirsangiz. Toki oyatni to‘liq anglab, imkoni boricha amal qilib, mal’unlikdan uzoqlashsak...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu oyatdan boshqa oyatlar va hadislar ham bor. Ularning hammasini jamlab siz aytgan masalani hal qilinadi. Munkarni qaytarish uch darajada bo‘ladi. 1. Qo‘l bilan-hukmdorlarga oid. 2. Til bilan – ilmlilarga oid. 3. Dil bilan – oldingi ikki guruhdagilardan boshqalarga oid. Siz oila a’zolaringiz va gapingiz o‘tadiganlarga asta tushuntirsangiz etarli.
3 May 2022, 05:57 | Savol-javoblar | 146 | Qur’oni karim