Gunohmi?

Assalomu alaykum! Jum’a kuni jum’a namoziga chiqmasdan savdo qilish mumkin emasligini bilaman, lekin bir oka “sharoit shunga majbur qilsa gunoh bo‘lmaydi” deyaptilar. Iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh vojib desa, u “aka” Allohning qarshisida vojib emas deyishi to‘g‘ri emas. Alloh taolo “Nahl” surasida marhamat qiladi: خَلَقَ الإِنسَانَ مِن نُّطْفَةٍ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُّبِينٌ۝ 4. U Zot insonni nutfadan yaratdi. Endi esa u ochiq-oydin xusumatchi bo‘lib turibdi. Osmonlaru erni yaratgan Alloh insonni nutfadan (spermadan) yaratdi. Uni mukammal inson holiga keltirdi. Aql-farosat, kuch-quvvat va rizq-ro‘z berdi. Kerak bo‘lgan hamma narsani muhayyo qildi. Voyaga etgan inson esa asli bir tomchi jirkanch suv ekanini unutib, Allohga qarshi, o‘zini yaratgan Zotga qarshi ochiq-oydin xusumatchi bo‘lib turibdi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Shar’iy zarurat bundan mustasno. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 11:49 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar