Taxorat suvi
Assalomu alaykum! TAHORAT SUVINING HIKMAT Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar: «7 yoshimda murattab qori bo‘lganman. Otam meni ilm o‘qitishga berdi. Dastlab «Zarur masalalar» degan kichik kitobni o‘qidik. Unda shunday masala bor edi: Pok odam tahorat qildi, tahoratidan tushgan suvlarni bir idishga to‘pladi. Ariqda oqib yotgan suvda tahorat qilsa bo‘ladi, lekin tahoratdan qolgan suvda tahorat qilib bo‘lmaydi. Yana bir kishi ko‘chadan terlab kelib, salqinlayman deb suvdan foydalandi. Undan qolgan suvda ham tahorat qilsa bo‘ladi. Lekin tahorat qilingan suvda qayta tahorat qilib bo‘lmaydi. Shu masalani o‘qiganimdan beri uning hikmatini o‘ylardim. Tahorat qiluvchining badani toza ediku, nega undan qolgan suvni ishlatib bo‘lmaydi? Alloh taolo: «Men sizga bir ne’mat bersam, uni yashirmangiz» deydi. Keyinchalik, Xudoyi taolo menga go‘zal darajalarni ato etdi. Tahorat qiluvchi bandaning tahorati suvi bilan qo‘shilib, gunohlari ham yuvilib ketishini ko‘zlarim bilan ko‘rdim. Shuning uchun asli toza tahorat suvi bandaning gunohlari bilan qo‘shilib, iflos suvga aylanarkan. Hurmatli ustozlar manashu matnni izohlab bersangiz. Bu erda taxoratdan qolgan suv deganda obdastaning ichida qolgan suv nazarda tutilyaptimi? Taxorat qilib bo‘lgandan so‘ng obdasta ichida qolgan suvni nima qilish kerak. Yoki man tushunmadimmi. Noto‘g‘ri savol bergan bulsam uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zi pok lekin poklamaydi deyilgan suv tahorat qilgan odamdan tushgan yoki badanidagi tahoratdan qolib tomayotgan suvga aytilgan. Obdastadagi suv pok va poklovchi bo‘ladi.
Bu erda “tahoratdan qolgan suvda tahorat qilib bo‘lmaydi” deb, tahorat jarayonida badanga tegib erga tushgan suv nazarda tutilmoqda.
Tahoratdan so‘ng obdastada qolgan suv pokdir. Tahorat olgach, idishda qolganini ichib qo‘yish sunnat amaldir. Hozirda vodoprovodlardan ham ichib qo‘ysa sunnat ado bo‘laveradi. Ulamolarimiz “ichayotgan vaqtlarida Robbim men zohirimni Sen buyurganingdek pokladim. Qalbimni ham O‘zing poklagin deb niyat qilinadi” deganlar. حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ وَهَنَّادٌ، قَالَا: حَدَّثَنَا أَبُو الْأَحْوَصِ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ أَبِي حَيَّةَ قَالَ: رَأَيْتُ عَلِيًّا تَوَضَّأَ، فَغَسَلَ كَفَّيْهِ حَتَّى أَنْقَاهُمَا، ثُمَّ مَضْمَضَ ثَلَاثًا، وَاسْتَنْشَقَ ثَلَاثًا، وَغَسَلَ وَجْهَهُ ثَلَاثًا، وَذِرَاعَيْهِ ثَلَاثًا، وَمَسَحَ بِرَأْسِهِ مَرَّةً، ثُمَّ غَسَلَ قَدَمَيْهِ إِلَى الْكَعْبَيْنِ، ثُمَّ قَامَ فَأَخَذَ فَضْلَ طَهُورِهِ، فَشَرِبَهُ وَهُوَ قَائِمٌ، ثُمَّ قَالَ: أَحْبَبْتُ أَنْ أُرِيَكُمْ كَيْفَ كَانَ طُهُورُ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ.
وَفِي الْبَابِ: عَنْ عُثْمَانَ، وَعَبْدِ اللَّهِ بْنِ زَيْدٍ، وَابْنِ عَبَّاسٍ، وَعَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، وَعَائِشَةَ، وَالرُّبَيِّعِ، وَعَبْدِ اللَّهِ بْنِ أُنَيْسٍ Bizga Qutayba va Hannodlar hadis aytib berishdi. Ular deyishdi: «Bizga Abul Ahvas hadis aytib berdi». U Abu Ishoqdan:
Abu Hayyadan rivoyat qilinadi:
«Aliyning tahorat qilganini ko‘rdim. U kaftlarini tozalab yuvdi, so‘ng uch marta og‘zini chaydi, uch marta burniga suv oldi, yuzini uch marta yuvdi, bilaklarini uch marta yuvdi, boshiga bir marta mash tortdi, so‘ng oyoqlarini to‘piqlarigacha yuvdi. So‘ng o‘rnidan turib, tahoratdan qolgan suvini olib, tik turganicha ichdi. So‘ng: «Sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tahoratlari qanday bo‘lganini ko‘rsatib qo‘ygim keldi», dedi.
Bu haqda Usmon, Abdulloh ibn Zayd, Ibn Abbos, Abdulloh ibn Amr, Oisha, Rubayyi’ va Abdulloh ibn Unaysdan rivoyatlar bor. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 01:41 | Savol-javoblar | 182 | Islam