Safarda qoldirgan ro‘za
Assalomu alaykum! Hurmatli va qadrli aziz ustozlar, safarda ramazon ro‘zasini niyat qilib ro‘za tutgan, kun mobaynida dunyoviy ishlar vajidan iymoni sustlik qilib qasddan ro‘zasini ochsa, muqim kishidek 60kun qazosin uzluksiz tutadimi yoki safarda bo‘lgani uchun boshqa bir engillik bormi? Ro‘zasini qasddan ochgan inson sog‘lom.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo safarni qandayligini bilib olish kerak. Agar 86km masofani qasd qilib chiqib, borgan joyda 15 kecha va kunduzdan kam turishni qasd qilgan bo‘lsa, musofir bo‘ladi. U odam ro‘zasini qasddan ochsa ham bir kuniga bir kun tutib beradi. Ammo hozirgi kunda odamlar safar deganda 86kmdan uzoq safarga chiqib, 15 kundan ortiq tursa ham o‘zlarini musofir deb bilishadi. Bu xatodir. Bir joyda 15 kecha va kunduz turishni niyat qildimi, u inson muqimga aylanadi, namozlarini to‘liq o‘qiydi, ro‘zani tutmaslikka uzr ham bo‘lmaydi. Agar qasddan ochib yuborsa bir kuniga bir kun qazo va ikki oy ketma-ket kafforat tutishi vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 20:46 | Savol-javoblar | 161 | Ibodatlar