Dinda xolis bo‘lish qanday bo‘ladi?

Assalomu alaykum Shayx Hazratlari. Hazrat kirib kelgan muborak Ramazon oyi sizga ham qutlug‘ bo‘lsin. Hazrat bir savolim bor edi. Javobingiz uchun oldindan katta rahmat!Savol: Hazrat mo‘min-musulmon kishi dinda xolis bo‘lishi kerak deyiladi. Hazrat men ham xolis niyatli kishilardan bo‘lishim uchun nima qilishim kerak? Shayton ham Alloh taoloni xolis qullarigagina yaqinlasha olmas ekan. Hazrat bu borada menga qanday maslahat berasiz? Men ham Alloh taoloning xolis qullaridan bo‘lsam deyman. Hazrat yana bir iltimos meni bir duo qilib qo‘ysangiz, Alloh taolo meniyam O‘zini xolis qullaridan qilsin, zehnimni o‘tkir qilsin va meni ham muttaqiy taqvodorlardan qilsin.Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan rozi bo‘lsin. Amiyn.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buning uchun dinimiz ta’limotlarini yaxshilab o‘rganib, ularga ixlos bilan amal qilish kerak. Alloh taolo sizni O‘zining muxlis bandalaridan, zehningizni o‘tkir va o‘zingizni taqvodorlardan qilsin!

3 May 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 159 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar