Sevib uylanish

Assalomu alaykum! Meni bir do‘stim bor. U bir qiz bilan 7 yildan beri gaplashib sevishib va pinhona uchrashib yuradi. Men unga bu ish islomda mumkin emas dedim: Islomda sevgi to‘ydan keyin bo‘ladi desam u menga: sen tanimagan, sevmagan, sinamagan, bilmagan qiz bilan qanday turmush qurasan balki xarakteringgiz to‘g‘ri kelmas, hozirgi kunda ko‘p turmushlar shu sababdan buzilib ketayabdi dedi. Endi savol: Ustoz do‘stimga nima maslahat berasiz? Ajralishlar kamayishi uchun qiz va yigit bir birini yaxshi tanishi kerak emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nikohlanishsa bir yilga ham etolmasligini ehtimoli borligini aytamiz. Biz folbinlik qilaetganimiz yo‘q, tajribadan kelib chiqib aytdik. Bir-birini buncha yil tanib bo‘lganidan keyin to‘ydan keyin bir-biriga qizig‘i ham qolmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar