fosiqqa iqtido
Assalamu alaykum hurmatli hazrat.Hozir biz Rusiyada ishlamoqdamiz. Namozda imomlikka asosan sigaret chekadiganlar o‘tishadi. Yoshlari katta bo‘lganligi uchun albatta. Bir olim kishi mav‘izalarida gunohlarni ochiq qiladigan, ya‘ni fisqi oshkor bo‘lsa iqtido qilinmaydi deb aytgan ekanlar. Biz nima qilaylik. Ularga iqtido qilib, keyin qayta o‘qib olaylikmi, yoki iqtido durustmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avvalo namozga yoshi kattadan ko‘ra ilmi ko‘p haqli bo‘ladi. Qolaversa, siz aytgan odamlarga chekishni tashlashni taklif qilish kerak.“Sharhi aqiydatut Tohaviya” kitobida quyidagilar kelgan:“Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Har bir yaxshi va fojir ortidan namoz o‘qiyveringlar», deganlar. (Dora Qutniy rivoyat qilgan). «Sahihi Buxoriy»da Abdulloh ibn Umar va Anas ibn Molik roziyallohu anhular Hajjoj ibn Yusuf as-Saqafiy ortidan namoz o‘qiganlari rivoyat qilingan. Hajjoj fosiq va zolim bo‘lgani esa, ma’lum va mashhur. Shuningdek, Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu al-Valid ibn Uqba ortidan namoz o‘qir edilar. U esa, aroq ichar edi.”
3 May 2022, 05:14 | Savol-javoblar | 138 | Namoz