Osh berish
Assalomu alaykum! Bir do‘stimiz olamdan o‘tib qoldi. Janozasiga biz qo‘ldan kegancha moddiy yordam ko‘rsatdik. Keyin 3-kuni xudoyi qilib osh berishni bolalar rejalashtirishdi. Savolim shundan iboratki, agar mayyitni oila a’zosi qurbi etmasa uni do‘stlari xudoyi qilib osh berishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida odam vafot topgani uchun “biror bir maxsus kunda marosim qilish” degan narsa dinimizda yo‘q. Ammo vafot topganga savob bo‘lishi uchun tilovati Qur’on qilib, nafl namoz o‘qib, ro‘za tutib, haj qilib va sadaqai ehson qilib savobini bag‘ishlash shariatimizda bor. Bu majburiy ish emas. Qurbi etganicha, qurbi etgan vaqtda qilinadi. Qilmasa bo‘lmaydi degan e’tiqodda bo‘lish gunoh. Chunki undan maqsad yoki odamlarni malomat qilishidan qo‘rqish yoki shu kuni ehson qilmasak bo‘lmaydi degan noto‘g‘ri e’tiqodda bo‘lishdir. Bu ikkisi ham noto‘g‘ri. Shuning uchun sizlar ham niyatlaringizni to‘g‘rilab olinglar. O‘sha marosimning hamma harajatini pul holatida o‘sha oilaga bersanglar va savobini birodaringizga bag‘ishlasangizlar ehson qilib to‘q odamlarga edirgandan ko‘ra ko‘proq savobni brodaringizga bag‘ishlagan bo‘lasizlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 06:54 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar