Qasidai burda
Assalomu alaykum! Men baxtsiz hodisa tufayli ikki yarim yildan beri oyoqlarim ishlamay to‘shakka mixlanib qoldim. Bir joyda “«Qasidai burda»ni o‘qitsa oyoqqa turib ketadi” deb eshitdim. Uni kimga o‘qitsam bo‘ladi va o‘quvchisini topsa bo‘ladimi? Iltimos menga yordam beringlar. Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz shayx Hazratlari rahimahulloh siz kabi to‘shakka mixlanib qolgan kishilarga kuniga eng kami mingtadan istig‘for aytishni tavsiya qilar edilar. Alloh taolo “Nuh” surasi 10-11-12-oyatlarida marhamat qiladi: فَقُلْتُ اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ إِنَّهُ كَانَ غَفَّارًا 10. «Robbingizdan mag‘firat so‘rang, albatta, U ko‘plab mag‘firat qiluvchidir», – dedim».
Nuh alayhissalomning tazarru ila zorlanib, o‘z Robbiga qilayotgan nidolaridan ko‘rinib turibdiki, u zot alayhissalom o‘z qavm¬larini turli usullar bilan dinga chaqirganlar. Keling, u zotning ushbu mashhur nidolarini batafsil o‘rganib chiqaylik.
«Robbim, men o‘z qavmimni kechayu kunduz da’vat qildim».
Ya’ni «Tinim bilmay, doimiy ravishda, kechasiyu kunduzi dinu diyonatga chaqirdim».
«Mening chaqirig‘im ularda qochishdan boshqani ziyoda qilmadi».
Men ularni Sening diningga qancha ko‘p da’vat qilsam, ular mendan shuncha ko‘p qochdilar. Da’vatim tufayli faqat ularning qochishi ziyoda bo‘ldi, xolos.
«Va albatta, qachonki men ularni Sen mag‘firat qilishing uchun chaqirsam, ular barmoqlarini quloqlariga tiqdilar va kiyimlariga burkanib oldilar...»
Men ularga «Kelinglar, Allohga istig‘for aytinglar, U Zot sizlarni mag‘firat qiladi», desam, ular gapimni eshitmaslik uchun barmoqlarini quloqlariga tiqib, boshlarini kiyimlariga burkab oldilar.
«...hamda bardavom bo‘ldilar va nihoyatda takabburlik qildilar».
Ular o‘z kufrlarida oyoq tirab turib oldilar va misli ko‘rilmagan katta takabburlik qildilar.
«So‘ngra, albatta, men ularni jahriy da’vat qildim».
Maxfiy da’vatim ish bermaganidan keyin, men ularni ochiq da’vat qildim.
Lekin bu ham foyda bermadi.
«So‘ngra, albatta, men ularga oshkora va yashirin (da’vat) qildim».
Shoyadki, ikkovini birga olib borsam, foyda bersa, dedim.
Ko‘rinib turibdiki, Nuh alayhissalom o‘z qavmlarini Alloh taoloning diniga da’vat qilishda barcha imkoniyatlarni ishga solganlar.
Avval maxfiy, keyinroq oshkora, oxirida ham oshkora va ham maxfiy da’vat qilganlar. Shu bilan birga, ularni qiziqtirish uchun, dindorlikdan bu dunyoning o‘zidayoq keladigan foydalarni ham zikr qilganlar. Buni quyidagi oyatda ko‘ramiz:
«Robbingizdan mag‘firat so‘rang, albatta, U ko‘plab mag‘firat qiluvchidir», – dedim».
«Istig‘for»ning lug‘aviy ma’nosi «mag‘firatni (gunohning kechirilishini) so‘rash»dir. Amalda banda tilida «astag‘firulloh» va shu ma’nodagi kalimalarni aytib, dil bilan tasdiqlashidir. Umumiy ma’noda esa istig‘for dindorlikni ifoda etadi. Agar bu oyatga amal qilsangiz...يُرْسِلِ السَّمَاء عَلَيْكُم مِّدْرَارًا وَيُمْدِدْكُمْ بِأَمْوَالٍ وَبَنِينَ وَيَجْعَل لَّكُمْ جَنَّاتٍ وَيَجْعَل لَّكُمْ أَنْهَارًا 11. «Shunda ustingizga yomg‘irni mo‘l ko‘l qilib yuboradir.
12. Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bog‘u rog‘lar qilib berur hamda anhorlar qilib beradir.
Buyuk vatandoshimiz imom Abul Barakot Nasafiy o‘zlarining «Madorik» nomli mashhur tafsirlarida ushbu oyati karima tafsiriga quyidagi qissani keltiradilar:
Hazrati imom Hasan Basriy o‘z davrlarida bir guruh kishilar bilan suhbatlashib o‘tirganlarida, bir odam kelib, qurg‘oqchilikdan shikoyat qilibdi. Hazrati imom Hasan Basriy: «Istig‘for aytinglar», – deya maslahat beribdilar. Ikkinchisi kelib, kambag‘allikdan, uchinchisi farzandsizlikdan va hokazo shikoyatlar qilibdilar va barchalariga «Istig‘for aytinglar», degan maslahatni aytibdilar. Shunda suhbatdoshlardan Robiy’ ibn Subayh hazrati Hasan Basriyga murojaat qilib: «Ey Imom, sizga turli kishilar turli narsalardan shikoyat qildilar, siz esa hammalariga bir xil javob berdingiz, buning boisi nedur?» – debdi. Hazrati Imom bu savolning javobiga yuqorida keltirilgan oyatlarni o‘qib beribdilar.
Mazkur oyatda istig‘for bilan rizq bir-biriga bog‘liqligiga ishora qilinmoqda. Qur’oni Karimning ko‘pgina oyatlarida qalb pokligi, dindorlik va hidoyatda yurishdan rizqning mo‘lligi, farovonlik va serobchilik kelib chiqishi ta’kidlangan. Jumladan, «A’rof» surasining 96-oyatida: «Agar shahar-qishloq ahli iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, albatta, ularga osmonu erdan barakotlarni ochib qo‘yar edik. Lekin ular yolg‘onga chiqardilar, bas, ularni kasb qilgan narsalari tufayli tutdik», – deyiladi. Shunga o‘xshash oyatlar «Moida», «Hud» va boshqa suralarda ham bor.
Demakki, qaysi xalq Alloh taolodan qo‘rqsa, yaxshi amallarni qilsa, adolat va omonlikni joriy qilsa, Alloh taolo u xalqni er yuzida peshqadam qilib qo‘yadi. U xalq farovonlik, taraqqiyot va baxtli hayotga erishadi.
Gohida Allohdan qo‘rqmaydigan, iymonsiz xalqlar ham farovonlikka etishishi mumkin, lekin bu sinov uchun bo‘ladi. Keyinroq haqiqiy holat zohir bo‘lib, ko‘zga ko‘rinib turgan faravonlik ortidagi muammolar oshkor bo‘la boshlaydi. Bu Alloh taoloning O‘zidan qaytgan, bandalariga yuborgan azobining boshlanishi bo‘ladi.(“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!https://fiqh.uz/index.php/fiqh-uz/iymon/684-ato-suratidagi-man-etish
30 Aprel 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 171 | Tabobat