Masjidga ehson qilishim joizmi?
Assalomu alaykum! Men maktabda dars beraman. Maktabda yangi o‘quv yili boshlangan kuni menga dars qo‘yilgan edi. O‘sha kuni dars o‘tish uchun etarlicha tayyorgarlik ko‘rmagan edim. Lekin o‘sha kuni hamma sinflarga mustaqillik darslari bo‘lib bizga dars o‘tmasdan ketaverish mumkinligini aytishdi. Alloh taolo meni uyalib qolishdan asradi. Keyin kunlar o‘tib boshqa bir kuni dars payti oilaviy ish bilan ruxsat so‘rab darsdan ketdim. Shu kunlarni ikkalasi uchun ham oladigan pulim halol emasmi yoki faqat bir kunnikimi? Va shuni pulini masjidga shu o‘quvchilar nomidan deb niyat qilib, ajrini shu o‘quvchilarga bergin Alloh deb ehson qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gumon bo‘lgani uchun o‘sha ikki kunning maoshini kambag‘al kishilarga o‘quvchilarning nomidan o‘zingiz savob umid qilmay berib yuboring. O‘zingiz o‘sha ikki kunlik darslarni o‘quvchilarga ta’lim berib qo‘ying. Chunki o‘qitiladigan dars va ma’lumotlar ham omonat bo‘lib, ularni etkazish sizning zimmangizdagi burch hisolanadi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 14:09 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom