Onamning azasi
Assalomu alaykum! Otam o‘tgan yili noyabr oyida vafot etdilar. Onamning yoshi 50da. Amakim otam nomiga ehson oshi berganida onam borgandilar. Bir otin oyi “siz iddasiz 4 oyu 10 kun aza tutishiz kerak, nafaqat to‘y marosimlar xudoyilarga ham borishingiz mumkin emas, ya’ni darvozadan ko‘chaga chiqishingiz mumkin emas” deb qoldi. Biz ayol kishi eri uchun 4 oyu 10 kun aza tutishini bilardikku, lekin ostona hatlab ko‘chagayam chiqishi mumkin emasligini bilmagandik. Bu otin oyini aytgan gapi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Idda deb o‘sha ko‘chaga chiqmaslik, ziynatlarni tark qilishga aytiladi. Bemor bo‘lganda doktorga murojaat qilish bundan mustasnodir. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:49 | Savol-javoblar | 138 | Ayollarga oid masalalar