Hijob haqida

Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar! Men hozirda litseyda 2-chi kurs o‘quvchisiman. Xijobga kirmoqchiman. Ammo o‘quv muassasalarida o‘qituvchilar o‘quv binolariga ro‘molni echib kiringlar deyishadi. Shunday hollarda nima qilish lozim? Yurtimizda bunday hollar uchun qabul qilingan qarorlar mavjudmi? Shu haqida ma’lumot bersangiz! Javob uchun oldindan katta rahmat aytib qolaman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qonuniy haqqingizdan foydalaning. Musulmonlar ko‘p yashaydigan joyda o‘quv muassasalarning nizomi ham o‘quvchilarning vijdon erkinliklariga muvofiq bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 12:44 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar