Islomiy bayramlarda biz ham uylarni bezasak bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Mana Yangi yil xam kirib kelyapti. Xamma joyda bayram, tantana. Xamma, xattoki musulmonlar xam archa bezatishyapti. Biz esa bolalarim kichkina bo‘lishiga qaramay archa va uyni bezamaslikka qaror qildik. Savolim shuki, bolalarim islomiy bayramlarga mexr qo‘yishi uchun Ramazon va Qurbon bayrami xayitlarida biz xam uyimizni xuddi yangi yilga odamlar bezaganlaridek sharlar, chiroqlar bilan bezab yaqinlarni uyga chaqirib sovg‘a-salomlar berib, ilmiy o‘yinlar qilsak bo‘ladimi? Bid’at bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nafaqat hayitda balki farzandingiz biror kitobni tugatganida, biror surani yodlab tugatganida, biror ilmiy yutuqqa erishaginida katta bayram qilib taqdirlang. Farzandingizni do‘stlarini ham chaqirib ziyofat qilib bering. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 13:06 | Savol-javoblar | 142 | Islam