Isnod so‘zi
Assalomu alaykum! Hadis ilmida «Isnod» degan kalimani eshitamiz, misol bir roviy o‘z isnodida keltirgan deb aytiladi yoki isnod bilan rivoyat qilingan deyiladi. Bizda isnod so‘zi salbiy tushuniladi, xuddi zaif hadislar qatoridagi hadislarga isnod nomi berilganmi deb. Shu isnod so‘zi haqida batafsil ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arab tilida “Asnada-yusnidu” fe’li bir kishi orqasini devorga suyashligiga aytiladi. Hadis ilmida kimdir o‘zi aytgan hadisni o‘zidan avvalgi kishiga nisbatini beradi. Bu narsa yuqoriga qarab davom etib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ulanadi. Shu silsilani isnod deyiladi. Go‘yoki har bir hadis, rivoyat qiluvchi hadis aytishda mustahkam bir narsaga suyanib aytganligini bildiradi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 13:06 | Savol-javoblar | 144 | Hadislar