Mayyitni qabrga qo‘yganda yuzini ochib qo‘yiladimi?

Assalomu alaykum! Mayitni qabrga qo‘yishda yuzi ochiq holda qo‘yiladimi yoki yopiq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kafanning bosh tarafidagi bog‘ichi echiladi, lekin yuzi ochilmaydi. Shu o‘rinda ko‘pchilikdan sodir bo‘ladigan bir xatoni to‘g‘rilashimiz kerak. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi: Mayyitning bosh va oyoq tarafidagi kafanning bog‘ichlari echiladi. Bu bog‘ichlar bilan kafan ochilib ketmasligi uchun bog‘langan bo‘ladi.
Mayyitni o‘ng tarafi ila yuzini qiblaga qaratib yotqiziladi. Chalqancha yotqizib, yuzining o‘zini qiblaga qaratib qo‘yish ila sunnat ado bo‘lmaydi.
Erkak kishini erkak kishilar qabrga qo‘yadilar. Ularning adadi chegaralangan emas. Qabrga qo‘yishga eng haqli kishilar unga janoza namozini o‘qish haqqiga ega bo‘lgan yaqinlaridir.
Ayol kishini mahramlari qabrga qo‘yadi.
Agar mahrami bo‘lmasa, ayol kishilar, ular ham bo‘lmasa, dafnga qodir ahli solih qari kishilar qo‘yadi.
 Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 13:17 | Savol-javoblar | 195 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar