Ishlashga xalaqit berish

Assalomu alaykum! Mani ishxonam (shaxsiy kabinet sifatida va tinch bo‘lgani uchun foydalanaman o‘lchami 6x6m domni tagi) bor arxitektor-frilanserman, yonimda stolovoy xam bor katta kolonkasi bilan muzыka qo‘yadi baland qilib, kolonkasi ovozi (bass) dan xatto stolim va undagi narsalar vibratsiya beradi ishlab bo‘lmaydi, umuman! 1 yil davomida 100 marta aytdim kattasiga xam kichkinasiga xam tushuntirdim ishlay olmayapman xech bo‘lmasi basini pasaytir deb, befoyda. Asr payti bazida adashib xam ketaman ovoz balandligidan. Keyin ishimni kechasiga kuchirdim bomdodgacha baribir foydasi bo‘lmadi. Kecha bir soveaniya(chet el bilan onlayn)da ayni proektimni prezentatsiya qilayotganimda yana shu kolonka yangradi, xatto ularga eshitildi bugun pochtamga "Ishga nisbatan layoqatsizlik" deb chetlatishibdi. To‘g‘risi sabrim to‘lib bugun kelib xammasini urmoqchi bo‘ldim jumagacha unday qilaman bunday qilaman reja xam qildim). Juma namozida imom ayni yaxshi odam yomon xaqida maruza qilayotgan ekan ancha bosildim lekin jaxl ko‘tarilmadi namoz orasida jaxl ustida ichimda yomon qarg‘adim, keyin pushaymon bo‘ldim, savolim shuki nima deb tovba qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ushbu holatda jabrlanuvchi ekansiz. Tegishli joylarga murojaat qilib bu ishga chek qo‘yishlarini talab qilsangiz bo‘ladi. Yakka o‘zingiz kuch ishlatish yo‘li bilan masalani hal qilish huquqiga ega emassiz. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 10:06 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar