Kreditga avtomobil olish haqida

Assalomu aleykum hurmatli ustozlar! Men kreditga avtomobil olish niyatidaman, naqd pulga olish uchun mablag‘im etarli emas. Internetda e’lon ko‘rdim, lekin foizi bo‘lgani uchun ikkilanib turibman. E’londa shunday yozilgan: "Naqd pulga mashina olishga mablag‘ingiz (pulingiz) etmayabdimi? Biz sizga ya’ni jismoniy shaxslar uchun arzon avto kreditni tafsiya qilamiz. Siz o‘zingizni xoxshingiz va kelishuvingizga asoslanib 1yildan 5yilgacha to‘lash shartnomasini tuzishingiz mumkun. Mashinalar ishlab chiqarilgan yili 2012 yildan 2016 yilgacha bo‘ladi. Boshlang‘ich to‘lov avtomashinaning narxiga qarab 0% (foiz) yoki 25% (foiz) va yillik to‘lov 10%(foiz) belgilangan." Iltimos menga qanday yo‘l tutishimda yordam beringlar, bu yo‘sinda avtomobil olish menga halolmi yoki harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning shartnomasida “oyda berilishi kerak bo‘lgan pulni muddatdan kechiktirilsa falon foiz qo‘shib beradi” degan shart bo‘lsa, uni olish shar’an joiz emas. Pulingizni to‘plab, qarz bo‘masdan olganingiz yaxshi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 06:08 | Savol-javoblar | 191 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar