Xojat namozi ( to‘ldirilgani)

Assalomu alaykum Ustoz ...Men sizga Xojat namozi xaqida ushbu savolni bergan edim..Abdullox ibn Ma‘sud Payg‘ambar (S.A.V) shunday deyishgani xaqida rivoyat qilishadi:Kechasi yo Kunduzi 12 rakat namoz o‘qiysan , xar ikki rakatida tashaxxudga o‘tirasan. Oxirgi tashaxxudni o‘qib bo‘lganingdan so‘ng Allox Azza va Jalla ga sano ayt va Payg‘ambaringga salovot yo‘lla. Keyin sajda qilib turib "Fotixatul kitob" ni 7 marta , Kursiy oyatini 7 marta so‘ng "LA ILAHA ILLALLOXU VAXDAXULAA SHARIYKA LAX, LAXUL MULKU VA LAXUL XAMD , VA HUVA A‘LA KULLI SHAY‘IN QODIR" deb 7 marta aytasan .. keyin "Ey Allox , Arshingni izzati , Kitobingda bildirilgan bepayon raxmating, Ismi A‘zaming Oliy jaloling bilan so‘raymanki.... deb xojatingni aytasan, keyin boshingni ko‘tarib o‘ngu so‘lingga salom berasan" Bu xadisda xatolik bo‘lsa bildirsangiz... Xatosi bo‘lmasa Bazi bir narsalarni tushuntirib bersangiz .. Masalan "Allox Azza va Jalla ga sano ayt Payg‘ambaringga salovot yo‘lla " ..bunda nima deb sano va salovot yo‘llanadi ? va nechi marta ? Javob uchun oldindan raxmat.. Allox qilayotgan ishlaringizni Ajrini bersin. Bu xadisni qaerdan olganimni so‘ragan ekansiz... Bu xadisni "Xilol" taqvimining 2007 yil 1 nchi sonidan ko‘rdim... Bu xadisni Xokim rivoyat qilgan ekan... "At targ‘ib Vat Targ‘ib" kitobidan deb yozishibdi..Javobni kutamiz ...Oldindan raxmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oddiy namozda o‘qiladigan Attahiyot va «Allohumma solli alaa»lar.

27 Aprel 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 148 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar