Ilm afzalmi yoki ish

Assalom alaykum! Alloh barchangizni jannati bilan mukofotlasin! Ustozlar men hozirda 19 yoshdaman. Alhamdulillah Alloh meni zehnimni yaxshi qilib yaratgan. Meni bir narsa qiynayabti. Men Madrasada ilm olishni juda-juda istayman, lekin hozirda mablag‘ tomondan qiyinchilikka duch kelyabmiz. Shuning uchun ikkilanib qoldim agarda o‘qishni tanlasam ishlay olmayman (buning iloji yo‘q). O‘qish uchun mablag‘ zarur. Agar ishlayman desam Koreyada ish bor. Kamida 4 yil ham o‘qib ham ishlasa bo‘ladi. Men qanday yo‘l tutishni bilmayapman. Iltimos menga to‘g‘ri yo‘lni tanlashimda yordam beringlar. Vaqtlaringizni olganim uchun uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkisini ham qiling. Ish vaqtida ishni qiling,  televizor ko‘rish vaqtida ilm o‘qing. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 13:39 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar