Alining qilichi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir qancha kun avval “Alining qilichi” deb nomlanadigan qilich ko‘rinishidagi tumor haqida eshitib qoldim, aytishlaricha u omad keltirar, yo‘llarni ochar emish. Aslida bunday tumoru h.k.larga xushim yo‘q, Allohim panoh bo‘lsa boshqa ashqal dashqalni bo‘yniga osib yurishdan ne naf? Yana kamiga ushbu duo yozilgan tumorlarni taqib hojatxonalarga ham kirib ketaverishadi, biriga Alloh, boshqasiga Payg‘ambarimizning muborak ismlari yana oyatlardan yozilgan bo‘ladi, buni taqib hojatga kirmayman deganlarni nechasini tumor bilan hojatga kirib chiqqanini-yu boshqa ishlarni qilganini ham ko‘rganman. Shunchaki ba’zi odamlar «bir kuchli e’tiqod» bilan ushbu tumorni kumushdan yasatishayotgan ekan. Internetdan hech bir ma’lumot topaolmadim va sizlarga savol berishni maqul ko‘rdim. Bu tumorni ko‘rgan bo‘lsangiz unga qayday duo yozilgan (arab tilida)? Hazrat Aliga bu “qilich”ning qanday aloqasi bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hech qanday aloqasi yo‘q. Odatda bunday narsalarga ibodatdan uzoq odamlar va iymonida zaifligi bor kishilar beriladi. Avvalo, Alloh va rasulini nomini ehtirom qilish lozim.  Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 14:12 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar