Ayolning maoshi farzandlariga halolmi

Assalomu alaykum! Ayolning maoshi va topgan pulini farzandlariga sarflasa harommi? Bir ustozim arab davlatiga safarida arablar shunday deyishgan ekan: biz ayollarimizni topgan pulini bolalarga edirmaymiz, bu harom, onaga nisbatan bemehr bo‘lib qoladi degan ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol o‘zi rozi bo‘lib bersa halol bo‘ladi. Harom deydiganlar o‘sha gaplariga dalil keltirsinlar. Vallohu a’lam!

22 Iyul 2022, 14:01 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar