Kasbdagi sherikchilik

Assalomu alaykum! Biz ikki sherik dastur yaratuvchilarmiz (programmist). Bir odam bilan sherik bo‘lib ishlashga axd qildik. Faqat u odam kelishuvdan oldin, meni ruxsatimsiz boshqa chetdan ish qilmaysizlar, nimaiki yangi proektlar bo‘lsa avval menga aytasizlar, menga yoqmasa yoki meni qiziqtirmasa o‘zingiz qilaverasizlar deb shart qo‘ydi. Dinimizda bu kabi shartlar qo‘yishga qanday qaraladi? Shu kabi shart qo‘yish  u inson uchun halolmi? Agar u inson uchun halol bo‘lsa, biz ishdan tashqari xolatlarda sherigimizga bu haqida aytmasdan turib boshqa proektlar qilsak bo‘ladimi? Alloh rozi bo‘lsin. Javobini uchun oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shart qo‘yishi joiz, sizlar o‘sha shartga rozi bo‘lgan bo‘lsangiz buni va’dalashuv deyiladi. Unga zid tutsangiz va’daga xilof qilish hisoblanadi. Xilof qilish munofiqlikning bir bo‘lagidir. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 14:12 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar