Nisobga etgan ammo hozir yo‘q
Assalomu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari, bergan savollarimga o‘z vaqtida javob berishingiz uchun minnatdorman. Yana juda shaxsiy va umumiy voqeliklarga to‘g‘ri kelmaydigan vaziyatdaman. Molimiz Allohni yordami bilan nisobiga etgan va Alhamdulillah Zakot berdik. Ammo, bugunda u pullar savdoga tikilgan va qo‘limizda pul yo‘q. Eng yaqin vaqt ham 1- sentyabrdan keyin. Shu vaziyatda menga qurbonlik qilish vojibmi? Agar bayramda qurbonlik qila olmasam keyin qilib yuborishim kerakmi yoki mendan soqitmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizga qurbonlik qilish vojib, biror odamdan molingiz evazidan bo‘lsa ham qarz olib qilasiz. Agar so‘yish kunlari qurbonlik qilmasangiz zimmangizdan soqit bo‘lmay, o‘shancha miqdor mablag‘ni sadaqa qilishingiz zimmangizga vojib bo‘ladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar