"Kazo ruzalar" masalasi

Assalomu alaykum muxtaram Ustoz!ALLOX(j/j) ilmingizni va umringizni yanada ziyoda kilsin.Ustoz bir birodarimiz bir masalada ikki kishiga savol bergan ekan, ikki xil javob eshitibdi, shuning uchun tugri javobni bilish uchun sizga savol yozyapmiz. Ustoz bir saxifada uch savol yozayotganim uchun oldindan kattik uzr surayman va uch savolimizga xam javobingizni intizorlik bilan kutib kolamiz. Savollarimiz shulardan iborat:1. Bir Musulmon inson, ruza tutish kerakligini biladi, lekin gaflatdagi inson, ya’ni shariat xukmlariga amal kilmaydi. Shu inson ibodatga kirgan bulsa, gaflatda yurgan vaktida kazo kilgan ruzalarining bir kuniga necha kun ruza tutadi?2. Ibodatdagi inson Ruzaning farzligini bilib turib, xech kanday uzrsiz xolatda bir kunlik ruzani kazo kilsa, masalan: Ramazon oyida 15kun ruza tutib, 16chi kuni saxarlik xam, niyat xam kilmasdan, ataylab uzi shunchaki ruza tutkisi kelmay kazo kilib, 17chi kundan yana ruza tutishni davom ettirsa, shu kazo kilgan bir kuni uchun xozir necha kun kazo ruza tutishi kerak?3. Ibodatda mustaxkam inson, xech kanday uziri yuk, farz ibodatlarga engil karamaydi, Ramazon oyida tulik ruza tutadi. Shu inson Ramazon oyida ruza tutib turgan xolida, kun uzunligidanmi yoki saxarlik kilmaganligidanmi, kattik kiynalganligidan ojizlik kilib, tushlikdan sung ruzasini ochib yuborsa, usha kungi bir kunlik kazosi uchun necha kun kazo ruza tutishi kerak? Ustoz kimmatli vaktingizni olganim uchun rozi buling!. Ustoz savollardagi xatolarim uchun uzr surayman va javobingizni intizorlik bilan kutib kolamiz. Javobingiz uchun oldindan katta raxmat. ALLOX(j/j) din yulida kilayotgan xizmatlaringizni ajrini ikki dunyoda ziyoda kilib ato kilsin va uzining jamoliga etishishingizni nasib etsin. Omiyn!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gap asossiz.

21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 159 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar