Masjid qurilishi
Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ezgu ishlaringizda qo‘llab-quvvatlab tursin! Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda o‘qib qoldim. Surxandaryo viloyatida bir masjidda yongin bo‘lib ta’mir talab bo‘lib qolibdi va xaligacha (adashmasam 6 yoki 9oydan beri) ta’mir ishlariga mablag‘ yo‘q ekan. Yana o‘qidimki poytaxtimizda yangi masjid qurilishi boshlanibdi. Albatta bu quvonarli xolat lekin bir masjid ta’mir talab bo‘lib tursayu yangisini qurish to‘g‘ri bo‘larmikin? Poytaxtda masjidlar xo‘p etarli bo‘lsa, viloyatlarda, respublikamiz chekka xududlarida masjidlar sonini ko‘paytirish vaqti bo‘lmadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birini deb boshqasiga til tekkazishga hojat yo‘q. Bu masjidlar Allohning mulki, hech qachon xor holatda qolmaydi. Biroz vaqt o‘tib Alloh baxtli-saodatli qilgan insoniga nasib qiladi. Hammasini ham obod qilishga harakat qilaverish kerak. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar