Zulmni ko‘rib indamaslik

Assalomu alaykum! sizlarga savolim bor edi. Paygambarimiz Muxammad Alayxi salom SAV aytgan ekanlar: Zulmni kura bila turib indamaslik guyo ogzi yumuk shaytondir. Shundan xisob kilib aytingchi tasavvur kiling men bir korxonada ishlayaman. Boshligim bir Insonni ishdan noxak xaydab yubordi. Vaxolanki men shu Insonni xakligini bilib turibman ayb unda emas. Ammo men esa "Menga nima och kornim tinch kulogim,Menga tegmayapti meni ishim nima" deb aytsam.Menga nomai amolimga gunox kanchalik darajada yoziladi. Shuni aytib utishim kerakki boshlik urtasida shaxsiy adovatim yuk. Oldindan raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! «Zulmni ko‘ra bila turib indamaslik go‘yo og‘zi yumuq shaytondir», degan gap Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lmagan, ya’ni hadis emas. Hadis bo‘lmagan narsani Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbat berishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Lekin ba’zi olimlar shunga o‘xshash iboralarni aytishgan. Jumladan Hasan ibn Ali Naysaburiy: «Kim haqni gapirmay sukut saqlasa, u soqov shaytondir», deganlar.
Sizning holatingizda hadisi sharifda kelgan kabi imkoningiz va qudratingiz etgan uch ishdan biri qilishingiz kerak bo‘ladi:عَنْ طَارِقِ بْنِ شِهَابٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَوَّلُ مَنْ بَدَأَ بِالْخُطْبَةِ قَبْلَ الصَّلَاةِ يَوْمَ الْعِيدِ مَرْوَانُ، فَقَامَ إِلَيْهِ رَجُلٌ فَقَالَ: الصَّلَاةُ قَبْلَ الْخُطْبَةِ، فَقَالَ: قَدْ تُرِكَ مَا هُنَالِكَ، فَقَالَ أَبُو سَعِيدٍ: أَمَّا هَذَا فَقَدْ قَضَى مَا عَلَيْهِ، سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Toriq ibn Shihob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Iyd kuni namozdan oldin xutba qilishni boshlagan birinchi odam Marvondir. Bas, bir odam turdi va unga:
«Namoz xutbadan oldin bo‘ladi!» dedi.
«Batahqiq, o‘shandagi narsa tark qilindi», dedi u.
Buni ko‘rib, Abu Sa’iyd:
«Ammo bu odam o‘ziga vojib bo‘lgan narsani ado etdi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Sizdan kim munkarni 
(yomon ishni) ko‘rsa, o‘shani qo‘li bilan o‘zgartirsin, agar qudrati etmasa, tili bilan, agar bunga ham qudrati etmasa, dili bilan. Ammo bunisi iymonning eng zaifidir», deganlarini eshitgan edim», dedi».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmaganlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:40 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar