Namoz haqida savol

Assalomu alaykum! Men va bir do‘stim bilan shom namozini uyda o‘qib oldik. Shunda ikkinchi bir do‘stim men ham o‘qib olay dedi, keyin men bilan birga o‘qigan do‘stim biza ham yana bir marta o‘qiymiz jamoat bilan dedi. Ikkinchi marta o‘qish mumkinmi?
2). Dadamlar Samarqand viloyatidan Toshkentga 1-3 kunlarga ish yuzasidan keladilar. Toshkentda o‘zimizning shaxsiy kvartiramiz bor va dadam namozlarini qasr qilmaydilar, chunki uyda hamma sharoit bor. Bu to‘g‘rimi? Rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). To‘rt rak’atlik peshin va xufton namozlarini o‘qib bo‘lgan kishi agar jamoat oldidan chiqib qolsa, nafl sifatida iqtido qilishi mumkin. Ikkinchi marta iqtido qilishlari nafl bo‘ladi, lekin bomdod, asr va shom namozlarida bu joiz emas. 2). O‘zining shaxsiy uyi bo‘lsa Toshkenda ham Samarqandda ham to‘liq o‘qiydi. Oraliqdagi yo‘lda kasr qilib o‘qiladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 188 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar