Xotini yo‘qligida taloq aytsa

Assalomu alaykum! Xotini yo‘qligida bola o‘z onasini oldida jaxl ustida taloq qo‘ysa tushadimi? Agar tushsa qayta so‘ratib olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq so‘zini ayoli eshitishi shart emas. Og‘izdan chiqqani hisob. So‘ratib olish olmasligi qanday taloq tushganiga bog‘liq. Shuning uchun o‘zingizga yaqin joydagi taloq masalasini puxta biladigan ilmli kishi bilan subatlashib masalaga aniqlik kiritib olishingiz kerak. Bu kabi masalalar jonli majlisda taraflarning hozirligida ko‘riladi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:26 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar