To‘ygacha gaplashish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men yaqinda islomdan yaxshi xabari bor akadan o‘qilmagan namozlarim yani 12 yoshga to‘lganimdan boshlab o‘qilmagan namozlarimni qazo qilib o‘qishim kerakligini aytdi. Hozir 19 yoshdaman 1 oyga yaqin vaqtdan beri 5 maxal namoz o‘qiyman. Tan olaman oldin islomdan yiroq edim, ko‘p gunohlarimni tashladim, lekin oldin gaplashgan qizlar bilan telegramda yozishib turaman. Aytingchi ustozlar bu ishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozni boshlaganingiz muborak bo‘lsin. Alloh taolo bir bandasiga yaxshilikni iroda qilsa O‘zining farzlariga bardavam amal qiluvchi qilib qo‘yadi. Balog‘atga etgan vaqtingizdan buyog‘ini qazosini o‘qiysiz. Balog‘at yoshi ehtilom-tushda bulg‘anishdir. Ikkinchi savolingizga kelsak, Islomga to‘liq kiring. Nomahram bilan munosabatlarni to‘xtating. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar