Ro‘za tutolmayapman

Assalomu alaykum! Mani 8 oylik bolam bor. Hali emadi. Ko‘pchlik bola emsa ham ro‘za tutsa bo‘ladi, sut kelaveradi deyishadi. To‘risi o‘zimmi ro‘za tutishka ko‘zim etmadi. Shuning uchun tutmayapman. Shunga bitta ochni to‘ydiradigan 30 kunlik ro‘za pulini bersam bo‘ladimi? Qarz bo‘lib qolmaymanmi? Xudo hohlasa keyinggi ro‘zada tutish niyatm bor.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Siz ro‘za tutib berasiz, fidya to‘lash sizga emas. Ko‘p ayollar “homilador va emizikli ayol ro‘za tutishga qiylansalar ro‘zani kechiktirsa bo‘ladi” degan hukmni “ular ro‘za tutmaydi”ga almashtirib olgan ekanlar. Bu katta xatodir. Qodir bo‘laturib tutmasliklari gunohi kabira hisoblanadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar