Shartli taloq haqida

Assalomu alaykum! Men sizning kanaldagi savollarga bergan javoblaringizni muntazam o‘qib boraman va bu menga xayotimdagi ko‘plab savollarga javob topishimda ko‘maklashyapti. Buning uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Savol--javoblarni o‘qish mobaynida o‘zimning xayotimdan xam so‘raydigan bir masala chiqib qoldi. "6206-savol Assalomu alaykum! Agar er ayoliga masalan telefon ishlatsang taloqsan desa, lekin qayta o‘ylab ko‘rib telefon ishlatsa zarar qilmasligiga ishonch xosil qilib taloqni qaytarib olsa bo‘ladimi? Ya’niki taloq tushmay turib. " degan savol meni o‘ylantirib qo‘ydi. Bundan 10 yil oldin yosh kelinlik paytimda xomiladorlik paytimda tuproq xidini kesakni xidini yoqtirayotganimni turmush o‘rtog‘imga aytdim. Turmush o‘rtog‘im "agar kesak esang xotinim emassan" dedilar. Keyin ertalab men ulardan so‘radim nega unday dedingiz niyatingiz nima edi deb so‘radim. Ular shunchaki sani qo‘rqitish edi boshqa xech qanday niyatim yo‘q edi dedilar. Fikrimdan qaytdim kechirasan deb uzr so‘radilar. Men xam shu bilan bu masalani unutdim. Bazi paytlarda egim kelganda bozordan gulvatar olib edim. Savollarga javoblarni o‘qib, shartli taloq tushunchasini bilib qoldim. Sizdan xo‘jaynimning menga aytgan o‘sha gaplari shartli taloqqa o‘tganmi shuni so‘ramoqchi edim. Ulardan yaqinda xam so‘radim o‘sha gapni aytganda niyatingiz nima bo‘lgan deb. Ular yana shunchaki sani qo‘rqitish uchun aytgandim ko‘nglimda umuman boshqa narsa bo‘lmagan dedilar. Iltimos meni qalbimni o‘rtayotgan savolga javob topib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “xotinim emassan” degan so‘zdan taloqni niyat qilgan bo‘lsa siz kesak egan zahotingiz  taloq tushgan bo‘ladi. Niyatni faqat eringizdan bilishingiz mumkin. Er qaytib oldim degan gapi o‘tmaydi. Shariatda shunday holatlar borki u so‘zlar og‘izdan chiqqach orqaga aslo qaytmaydi. Odamlar haligacha shartli taloqlarda o‘zlarini ruxsat berish so‘zlarini qo‘shgani bilan qo‘shmaganini farqiga borishmayapti. Sizni eringiz aytgan so‘zda ham ruxsat berish degan narsani qo‘shmagan. Agar “ruxsatimsiz ksak esang xotinim emassan” degan bo‘lib, keyin ruxsat deganida ruxsat bergan bo‘lar edi. Esangiz taloq tushmas edi. U so‘zni qo‘shmaganidan keyin ming ruxsat bersa ham e’tiborga olinmaydi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 264 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar