Kafforatmi yoki qazo?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yoshim 15 da, balog‘at yoshiga etganman. Lekin ramazon ro‘zasini 12 yoshimda tutmaganman, 13 yoshimda 30 kun tutganman. 14 yoshimda kafega ishga kirib tutolmadim. Bu yil 15 yoshimda insha Alloh to‘liq tutyapman. Savolim shundan iboratki men 2 yil, ramazon oyidagi tutmagan ro‘zalarimni hammasi bo‘lib 60 kun qazo qilib tutamanmi? Yoki kafforatini o‘taymanmi? Uzur savollarim tushunarsiz bo‘lsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo farz ibodatlari balog‘atga shar’iy o‘lchov bilan etgan vaqtingizdan boshlab sizga farz bo‘ladi. Agar 12 yoshingizda ehtilom bo‘lib, balog‘atga etgan bo‘lsangiz tutilmagan kunlarning qazosini tutib berishingiz farz. Ro‘za tutib qasddan ochib yuborgan bo‘lsangiz 60 kun kafforat va 1 kun qazosini tutib berasiz. Aks holda bir kuniga bir kundan faqat qazosini tutasiz. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 16:46 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar