Zakot va ushr berish

Assalomu alaykum! Biz uzum va mayiz etishtiramiz, erimizga daryodan suv nasos orqali suv chiqariladi, davlatga solig‘ini beramiz. Shu berganimiz ushrga o‘tadimi? Zakot haqida bilaman, moli nisobga etsa beriladi. Agar adashgan bo‘lsam uzr, ushr va boshqa soliqlar bo‘lsa tushuncha bersangiz rahmat. Alloh qo‘llasin sizlarni.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz bu holatda xohlasangiz uzumdan xohlasangiz mayizning yigirmadan birini faqir-miskinlarga dehqonchilikning zakoti qilib berasiz. Davlatga berilgan soliqlar ushrning o‘rniga o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 169 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar