Oldi berdi masalasi
Assalomu alaykum! Ustozlar yoshim 22da o‘qishda o‘qiyotgan paytlarimda do‘stlarim tanishlarim bilan o‘rtamizda pul berib turish, olib turishlar ko‘p bo‘lgan. Bir birimizni narsalarimizdan so‘ramasdan keyin aytib qo‘yaman deb foydalanishlar xam bo‘lgan. Keyin aytish yodimizdan chiqib ketgan. Xozir o‘shalarni o‘ylab Allohni oldida qanday javob berishdan qo‘rkyabman. Savolim shuki o‘sha olgan pullarim, keyin aytib qo‘yaman deb ishlatgan ularning narsalari shu xammasi uchun tanishlarim nomidan deb sadaqa berib yuborsam bo‘ladimi? Eslay olmayambmanda kimdan qancha olganimni, chunki bunday vaziyatlar ko‘p bo‘lardi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha tanishlaringiz hayot bo‘lsalar o‘shalarga aytib o‘zaro bir-birlaringizdan rozilik olib qo‘yinglar. Aniqlarini berishingiz shart. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 06:59 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar