Ota va bola boja bula oladimi?

Assalomu alaykum va roxmatulloxu va barokatux, Shayx Xazratlari! Shu paytgacha diniy ta’limotim juda achinarli xolatda edi. Alloxga beadad shukur, Siz tufayli, kitoblaringiz, disklaringiz va internet saytlaringiz sababidan uzimda va oilamda juda katta uzgarish kilyapman inshaollox. Sizga ikki iltimosim bor.1. Iltimos, Sizga Ustoz deb murojat kilishga ijozat bering.(Andijonda Sizni bir marta yakinrokdan kurganman, sizni suxbatingizda, xizmatingizda bulishni Allox nasib etsin, Sizni Allox yulida yaxshi kuraman.) 2. Iltimos, savolni javobsiz koldirmang. Ota va bola opa-singilga nikoxlansa joizmi, ya’ni boja bula oladimi?Menga ketgazgan vaktingizga rozi buling. Sizni Ota va Onangizdan Allox rozi bulsin. Sizni bu xizmatlaringizda Uzi madadkor bulsin. Omiyn!-deb Nodon Ozodbek.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi.

30 Aprel 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar