Namozga tahorat olishga qiyinchilik

Assalomu alaykum Ustoz! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
Men hozir Koreya davlatidaman, o‘qish va ishlash uchun kelganman. O‘qish kechga yaqin bo‘lganligi uchun shom va asr namozlari vaqtida yo‘lda bo‘lib qolyapman. Ba’zan tahorat yo‘qlik qilib qolsa, tayammum qilay desam bu erdagi avtobus va poezdlar tozaligidan hattoki chang bo‘lmaydi, ko‘chalarda ham. Shunday vaqtda qanday maslahat berasiz? Jamoat joylarida taxorat qilishda oyoq yuvish muammo bo‘lyapti? Namozim qazo bo‘lmasligi uchun qanday yo‘l tutay?
2). Bugun bitta voqea bo‘ldi: ishdan qaytayotgan edim, asr vaqti o‘tib ketayotgan edi, shoshilayotgan edim, velosipedda edim, soatga qarayman deb ro‘paramdan chiqib qolgan mashinaga borib sal urildim, bokavoyi sindi keyin, Allohga shukur, hammasi tekis hal bo‘ldi. Men boshimga nima ish kelsa Allohdan ko‘rib rozi bo‘lib kelaman va xatoimni bilib to‘g‘rilab olardim. Faqat bu safar nima edi xatoim shu meni o‘ylatirayapti? Bu Allohning sinoviga ta’na emas faqat shundan xulosa chiqarishni bilmayapman. Yana o‘sha gunohni takrorlashni xohlamayman. Shunga maslahatingiz bilan yordam bersangizlar, iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Musulmon kishi ko‘chaga chiqishidan avval Alloh farz qilgan namozni ham rejalashtirish kerak. Oyoqni yuvolmasangiz mahsi kiying, garchi farzni ado qilish uchun qilgan bu tadbiringiz kimlarnidir malomatiga sabab bo‘lsa ham. 2). Nafsingizni tergashda davom eting. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar