Muallif rizoligisiz kitob tarjimasi qilish

Assalomu alaykum! Avvalroq muallif rizoligisiz kitob tarjimasi qilish xaqida so‘ragan edim. Mualliflik xuquqiga rioya qiling degan manoda javob bergan edinglar. Deylik agar man muallifni ruxsatisiz kitobni tarjima qilib boshqalarga bermasdan o‘sha tarjima qilingan kitob asosida boshqa kitob yozsam bo‘ladimi (masalan o‘sha kitobni mazmunini o‘zgartirmagan xolda boshqa so‘zlarni ishlatib) yoqi bunday qilmaganim yaxshimi? Man tarjima qilmoqchi bo‘lgan kitob kompyuter dasturlarini yaratishga oid.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zingizni mahsulingiz bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:46 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar